Dima Bilanning 31-iyul kuni Moskvadagi “VTB Arena”da bo‘lib o‘tgan “Tvoy №1” konsertidan ayrim tomoshabinlar norozi bo‘ldi. Bunga 6 metr balandlikdagi sahna sabab bo‘lgan. Fan-zonadagi muxlislarning bir qismi xonandani yaxshi ko‘ra olmagan.
Rossiya Iste’molchilar ittifoqi xulosasiga ko‘ra, chipta sotilayotganda ko‘rish imkoniyati cheklangan joylar haqida tomoshabinlarga oldindan ma’lumot berilmagan. Shu sababli muxlislar tashkilotchidan chipta pulini to‘liq yoki qisman qaytarishni hamda ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilishi mumkin. Agar tashkilotchi talabni rad etsa, tomoshabinlar sudga murojaat qilish huquqiga ega. Konsert chiptalari 3 mingdan 15 ming rublgacha bo‘lgan.

