Netflix “Steps” nomli yangi animatsion filmi orqali Zolushka ertagini yangicha talqinda taqdim etadi. Bu safar voqealar Zolushkaning yovuz o‘gay opa-singillari nuqtayi nazaridan hikoya qilinadi. Film syujetida Lilit tasodifan singlisi Margotni baqaga aylantirib qo‘yadi va qirollikni qutqarish uchun Zolushka bilan kuchlarini birlashtirishga majbur bo‘ladi.
Loyihaga Daniel Redkliff shahzoda obraziga ovoz berish uchun qo‘shildi. Shuningdek, filmda Amanda Sayfred, Ali Vong, Stefani Syu, Peter Dinkleyj, Yang Mazino va Bett Midler ham ishtirok etadi.
Rejissyorlar Elis Tzue va Jon Ripaning aytishicha, film klassik ertak qoliplarini buzib, har bir qahramonni ko‘p qirrali obraz sifatida ko‘rsatishga intiladi. Redkliffening ijrosi esa ertaklardagi an’anaviy shahzoda obrazidan farq qiladigan yangi qahramonni yaratishga yordam beradi.

