Disney’ning “Moana” remeyki ilk namoyishlarda 4,5 million dollar daromad qildi.
Filmda Ketrin Lagaya Moana rolini, Dueyn Jonson esa Maui rolini qayta ijro etgan. Mutaxassislar kartinaning ilk hafta oxirida 60–65 million dollar yig‘ishini kutmoqda, ayrim prognozlar esa 40 million dollar atrofidagi natijani taxmin qilmoqda. Filmning ishlab chiqarish byudjeti esa 250 million dollarni tashkil etadi. Xalqaro prokatdan qo‘shimcha 70–75 million dollar tushum kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, original “Moana” 2016-yilda jahon bo‘ylab 680 million dollar daromad qilgan edi. “Moana 2” esa 2024-yilda 1 milliard dollardan ortiq yig‘im bilan katta muvaffaqiyat qozongan.

