Black Sabbath xayrlashuv konserti uchun yana birlashdi

Share post:

Afsonaviy rok guruhi Black Sabbath so‘nggi konserti uchun original tarkibda yana birlashadi. Shu tariqa guruh solisti Ozzi Osborn qariyb 60 yillik musiqiy faoliyatiga yakun yasashni rejalashtirmoqda.
2025-yil 5-iyul kuni Ozzi Osborn gitarachi Toni Ayommi, bas-gitarachi Gizer Batler va barabanchi Bill Uord bilan bir sahnaga chiqadi. Aynan shu tarkib Black Sabbath’ni dunyoga tanitib, “Paranoid”, “Iron Man” va “Crazy Train” kabi afsonaviy qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan.
Guruh a’zolari oxirgi marta 20 yil avval birgalikda konsert bergan. Shundan so‘ng ular yakkaxon faoliyatini davom ettirib, boshqa birga sahnaga chiqmagan. “Back to the Beginning”nomli xayrlashuv konsertidan tushadigan barcha mablag‘ esa xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Black Sabbath 1968-yilda Angliyaning Birmingem shahrida tashkil topgan. Faoliyati davomida guruh dunyo bo‘ylab 75 milliondan ortiq albom sotgan. Jamoa 2017-yilda rasman tarqalgan bo‘lsa-da, hanuzgacha tarixdagi eng nufuzli va ta’sirli hevi-metall guruhlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Avvalroq, Ozzi Osborn sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolar tufayli nafaqat sahnaga chiqish, balki muxlislariga dastxat berish ham qiyinlashganini ma’lum qilgandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...