Jorjina Rodriges Dubayda o‘z moda brendini yo‘lga qo‘ydi

Share post:

Krishtianu Ronalduning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges moda sanoatidagi  ilk mustaqil loyihasini taqdim etdi. U Mimoa nomli shaxsiy kiyim brendini ishga tushirdi. WWD nashri xabariga ko‘ra, ushbu brend Dubayda faoliyat yuritadi va mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab sotadi.
 Mimoa asosan sport kiyim to‘plamlari hamda kundalik kiyimlarni taklif etadi. Jorjina Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, brend ayollarning turli turmush tarzi, qomati va kun tartibiga mos keladigan qulay hamda hamyonbop sport kiyimlarini yaratish g‘oyasi asosida tashkil etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jorjina Rodriges avval Calzedonia, Guess, Elisabetta Franchi, Chopard kabi mashhur moda va zargarlik brendlari bilan hamkorlik qilgan. Biroq, Mimoa uning moda sohasidagi ilk mustaqil loyihasi hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...