Timoti Shalamening Kayli Jennerga qo‘ygan talablari fosh bo‘ldi

Share post:

 “Timoti boshidanoq niyatini aniq aytgan — u hech qachon biror shou uchun mavzu bo‘lishni istamaydi,” — dedi Daily Mail’ga yaqin manba. Shuning uchun u Kardashyanlar oilasining realiti shousida qatnashishni rad etgan va faqatgina rasmiy tadbirlarda Kayli bilan birga ishtirok etadi.

 U Gollivudning chinakam yulduzlaridan biri bo‘lishni orzu qiladi va faqat kim bilan uchrashayotgani orqali mashhur bo‘lib qolishni xohlamaydi. Agar u realiti shoularda qatnashishni boshlasa, munosabatlarining uzoqqa bormasligini ularning ikkalasi ham anglab yetishgan.

Kayli Jenner esa Timotining bu istagini hurmat qilayotgani ko‘rinib turibdi. Ular uchrashishni boshlaganidan beri Kardashyanlarning realiti shousid 1 yildan buyon efirga uzatilmoqda lekin Shalame birorta epizodda ham ishtirok etmagan.

Timoti yana bitta joyda yo‘q — bu Jennerning ijtimoiy sahifalarida.

400 millionga yaqin Instagram kuzatuvchilariga ega bo‘lgan Kayli uchun bu holat oson bo‘lmagan, chunki u shu kungacha sahifasi orqali hayotidagi har bitta mayda tafsilotlarni ham baham ko‘rib kelgan.

Shuningdek, ularning munosabatlarini ommaviy intervyularda tilga olish ham taqiqlangan. Kayli Shalame haqida savollar berilmasligini qat’iy ta’qiqlagan. Aktyor yaqinda chiqqan “Wall Street Journal” va “Vogue” maqolalarida faqat qisqagina gapirib o‘tilgan, xolos.

Ular bir qaraganda birga bo‘lishi eng qiyin bo‘lgan juftlikdek ko‘rinadi.

Kayli Jenner har bir qadami omma oldida bo‘lgan, barbiga o‘xshash realiti shou yulduzi. Timoti Shalamening esa jiddiy rollari bilan tanilgan, Oskar mukofotiga nomzod bo‘lgan san’atkor va shaxsiy hayotini sir tutadigan aktyor.

Shuning uchun Kayli Jenner va Timoti Shalame 2023-yilda uchrashishni boshlaganida ko‘pchilikni hayratga soldi va hatto ba’zilar ularning munosabatini uzoq davom etmaydi deb o‘ylashgan.

Ammo oradan ikki yil o‘tib, ularning dunyoqarashlari bir-biriga juda ham zid bo‘lishiga qamasdan bu mashhur juftlik baribir ishqiy munosabatlarini saqlab kelishmoqda. Buning sababi esa — 29 yoshli Shalamening bitta muhim sharti edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...