AQShda taniqli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi

Share post:

AQShning Los-Anjeles shahrida 81 yoshli aktyor Jeyms Xendi pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda Variety nashri huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Hodisa shaharning Tarzana tumanida yuz bergan. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aktyorga uning hamrohi bo‘lgan ayolning 44 yoshli o‘g‘li Maykl Gledxill hujum qilgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchi voqeadan so‘ng o‘zi favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilib, qotillik sodir etganini ma’lum qilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan xodimlar Jeyms Xendini uy hovlisida ko‘krak qismidan pichoq bilan yaralangan holda topgan. Aktyor zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Qotillikda gumonlanayotgan Maykl Gledxill qo‘lga olingan. U onasi bilan birga aktyor yashayotgan uyda istiqomat qilgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Jeyms Xendi Amerika kino va televideniyesining taniqli ikkinchi darajali aktyorlaridan biri bo‘lib, faoliyati davomida o‘nlab filmlar va seriallarda rol ijro etgan. U tomoshabinlarga “Top Gan: Maverik” filmidagi barmen, “Jumanji” filmidagi dezinfektor va “Logan” filmidagi shifokor obrazlari orqali yaxshi tanilgan.

1970-yillarning oxiridan boshlangan ijodiy faoliyati davomida Jeyms Xendi yuzlab ekran loyihalarida qatnashib, Gollivudning eng tajribali xarakter aktyorlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...