Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Share post:

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab, rejissyorlikka qaytmoqda. Harper’s BAZAAR xabariga ko‘ra, film Enn Raysning 1982-yilda yozilgan “Cry to Heaven” romani asosida suratga olinmoqda. Eng katta yangilik esa filmda mashhur qo‘shiqchi Adel ham rol o‘ynaydi. Bu uning kino sohasidagi ilk debyuti bo‘ladi.
Filmda shuningdek, Nikolas Xolt, Aaron Teylor-Jonson, Jorj Makkey, Kolin Fert, Pol Bettani, Xanter Shafer, Tandive Nyuton, Deril Makkormak, Luks Paskal va Kassian Bilton ham suratga tushadi.

Roman voqealari XVIII asr Venetsiyada kechadi. U Kalabriyadan kelgan opera olamida mashhurlikka erishish yo‘lidagi kurashi haqida hikoya qiladi. Asar xiyonat, muhabbat, erkinlik va o‘zini anglash mavzularini yoritadi. Bu mavzular Tom Fordning uslubiga ham mos keladi. Rejissyor film ssenariysini shaxsan o‘zi yozgan. Premyera 2026-yil kuzida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikolаs Keyj nega Marvel filmlarini tanqid qildi?

Aktyor Nikolаs Keyj zamonaviy Marvel kinoolamini tanqid qilib, superqahramonlar haqidagi filmlarda hikoya va qahramonlar rivojidan ko‘ra jang sahnalariga...

“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar...

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...