Naomi Uotts “Shon-shuhrat xiyoboni”da yulduzga ega bo‘ldi

Share post:

Britaniyalik aktrisa Naomi Uotts, “Mulxolland drayv”va “Imkonsiz” (The Impossible) filmlaridagi rollari bilan tanilgan, endi Gollivudning mashhur “Shon-shuhrat xiyoboni” da o‘z yulduziga ega bo‘ldi.

Yulduz ochilish marosimida Naomi Uottsning o‘zi bilan birga taniqli aktyorlar Jek Blek va Edvard Norton ham ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda Rayan Merfi, Sara Polson, Nisi Nesh va Kayl MakLoxlen ham mehmon sifatida qatnashishdi. Hamkasblari aktrisani samimiy tabriklab, uning ijodiga yuksak baho berishdi.

Marosimda so‘zga chiqqan aktrisa: “Men hozir his qilayotgan minnatdorchilik tuyg‘usini so‘z bilan ifoda etish qiyin”, — dedi.

Uotts o‘z hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan uch kishini alohida tilga oldi: onasi, rejissyor Devid Linch va teleproduser Rayan Merfi.

Aktrisa onasi haqida shunday dedi: “Onam mening tasavvurimni boyitgan va meni teatrga olib borgan inson. U meni sahnaga oshno qilgan.”

Shuningdek, u Devid Linch va uning kasting-direktori Joanna Reyning qo‘llab-quvvatlashi tufayli aktyorlikni tashlab ketmasligini aytdi. Naomi Uotts o‘zining agentlari, menejerlari va butun jamoasiga minnatdorchilik bildirib, rejissyor Alejandro Inyarrituni ham “ikki ajoyib rol” uchun alohida e’tirof etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS guruhi faoliyati davomidagi eng katta konsert turiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

BTS  guruhi to‘rt yillik tanaffusdan keyin yana sahnaga qaytmoqda Bloomberg nashrining xabar berishicha, K-pop guruhi 2026-yil mart oyi oxirida...

Xonanda Dua Lipa Buyuk Britaniyaning 30 yoshgacha bo‘lgan eng badavlat mashhurlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Pop musiqasi bilan mashhur bo‘lgan xonanda Dua Lipa 2025-yilga kelib Buyuk Britaniya va Irlandiyada 30 yoshgacha bo‘lgan eng...

O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi

O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ustoz san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni sohibi,...

Oksana Samoylova va Djigan o‘rtasidagi ajrashish bo‘yicha birinchi sud muhokamasi qanday o‘tdi?

Kecha Moskva sudida Djigan va Oksana Samoylova o‘rtasidagi ajrashish jarayoni bo‘yicha dastlabki sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv tez...