Avgust oyidagi muhim premyeralar

Share post:

 “Uensdey – 2”

Uensdey yana “Nevermor” akademiyasiga qaytadi. Bu safar u nafaqat yangi jumboqlar zanjirini yechishi, balki oilaviy munosabatlarni ham tartibga solishi kerak bo‘ladi — mavsum markazida uning ukasi turadi. Aktyorlar safiga Joanna Lumley va Ladi Gaga qo‘shildi.

Premyera: 6-avgust (1-bo‘lim)

“Qurollar”

Josh Brolin va Julia Garner o‘rtoqlari sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan bolalar haqida hikoya qiladi. Oddiy “qo‘rqinchli film”dek ko‘rinishi mumkin, ammo rejissyor Zak Kregger bu film muvoffaqiyatli bo‘lishiga hammani ishontirmoqda.

Premyera: 8-avgust.

“Hech kim — 2”
Mashhur qora yumorli jangari film davomida asosiy rol yana Bob Odenkirk zimmasida, ammo rejissyor o‘zgargan: birinchi qismini Ilya Nayshuller ishlagan bo‘lsa, endi kursida Timo Tiyajanto o‘tiribdi. Syujet qahramonni oilaviy ta’tilga olib boradi, biroq u yerda ham qonli sarguzashtlar kutmoqda.

Premyera: 13-avgust.

“Davlat madhiyasi”

Jangari triller: kovboy va ofitsiant qimmatbaho artefakt — qadimiy kurtkani o‘g‘irlab, ko‘plab dushmanlarga qarshi kurashishga majbur bo‘lishadi. Bosh rolda — Sidni Suini.

Premyera: 15-avgust.

“Begona:Yer”

Bu — “Begona” olamidagi birinchi serial bo‘lib, voqealar Yerda sodir bo‘ladi. Asarda gibrid Vendi va ksenomorflarga qarshi jangga tayyorlanayotgan otryad hikoya qilinadi.

Premyera: 12-avgust.

“Qo‘lga tushgan”

Darren Aronofski tomonidan suratga olingan kriminal triller. Sobiq beysbolchi do‘stining mushugiga qarashga rozi bo‘ladi va kutilmaganda jinoyatlar markazida qoladi. Bosh rolda —Ostin Batler, shuningdek, Yuri Kolokolnikov ham bor.

Premyera: 27-avgust.

“Er-xotin Rouzlar”

Balki siz 1989-yilda chiqqan “Rouzlar urushi” filmini ko‘rgandirsiz. Yangi talqinda esa kuchli duet: Benedikt Kemberbetch va Oliviya Lolman. Bu — qora yumor va drama aralashmasi bo‘lib, muvaffaqiyatli oilada yuzaga kelgan hasad va nizo haqida.

Premyera: 27-avgust.

“Toksik qasoskor”

Oddiy tozalovchi tasodifan zaharli chiqindilar chuquriga tushib, qo‘rqinchli ko‘rinishga ega, ammo o‘zicha adolatparvar mutantga aylanadi. Bosh rollarda: Peter Dinklej, Kevin Beykon va Elayja Vud.

Premyera: 29-avgust.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3” chiqish sanalari e’lon qilindi

The Walt Disney Company studiyasi uzoq kutilgan ikki animatsion loyiha — “Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3”...

Madonna 24 yildan so‘ng yana serialda rol o‘ynaydi

Amerikalik xonanda Madonna 24 yildan so‘ng yana kino industriyasiga qaytib, muxlislarini xursand qilmoqchi. U “The Studio” serialining ikkinchi...

So‘ngi 10 yil ichida “Oskar” olgan eng yaxshi filmlar

10 yil ortga nazar tashlaymiz va shu davr ichida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan filmlarni eslab...

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi

“Dyuna 3” muxlislari uchun kutilgan yangilik — filmning birinchi treyleri taqdim etildi. “Dyuna 3” hikoyasi avvalgi qism voqealaridan davom...