Alibek Kabduraxmonov O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori bo‘ldi

Share post:

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori Ramiz Usmonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ishdan olindi. Uning o‘rniga teatrga Alibek Kabduraxmonov direktor etib tayinlandi.

Alibek Kabduraxmonov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qidi.

Qayd etilishicha, 29-iyul kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonovning boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan teatr direktori lavozimiga tayinlangan Alibek Kabduraxmonov jamoaga tanishtirildi.

Ramiz Usmonov bu lavozimda 2021-yil oktabrdan beri faoliyat yuritib kelgandi.

Alibek Kabduraxmonov 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining “Zarbli cholg‘u asboblari” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2005-yildan O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi qoshidagi musiqali teatr-studiya orkestri artisti. 2007-yildan O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri zarbli cholg‘u asboblari guruhining konsertmeysteri sifatida faoliyat olib borgan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni sohibi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Moana” remeyki 4,5 million dollar bilan start oldi

Disney’ning “Moana” remeyki ilk namoyishlarda 4,5 million dollar daromad qildi.Filmda Ketrin Lagaya Moana rolini, Dueyn Jonson esa Maui...

34 ta mashhur filmga ishora qiluvchi “Minyonlar va maxluqlar”

Perr Koffen rejissyorligidagi “Minyonlar va maxluqlar” animatsion filmi minyonlar sarguzashtlarini yana katta ekranga olib chiqdi. Bu gal film...

Britni Spirs haqida biografik film suratga olinadi

Britni Spirs haqidagi biografik film loyihasini ishlab chiqish bosqichlari davom etmoqda. Bu haqda Page Six nashri xabar berdi.Film...

“Dyuna-3” treyleri taqdim etildi

“Dyuna” olamining navbatdagi filmi “Dyuna-3” ning to‘liq treyleri internetda namoyish etildi. Film xorijiy kinoteatrlarda joriy yilning 18-dekabr kuni...