5 turk yulduzi, ular karyerada katta tanaffusga chiqib, hozircha ekranlarga qaytishni ham o‘ylamayapti

Share post:

Dizilar olamida ba’zi aktyor va aktrisalar o‘z xohishlari bilan ijodiy ta’tilga ketib, muxlislarni sog‘intirib qo‘ymoqda. Kimlar ular?

Neslihan Atagul

2023 yildagi “Ah, Belinda” filmidan so‘ng Neslihan to‘liq onalikka sho‘ng‘idi. U va Kadir Do‘g‘ulu uzoq kutilgan farzandlari bilan vaqt o‘tkazishni birinchi o‘ringa qo‘yishdi. Aktrisa haftasiga besh kun suratga tushish unga hozir mos emasligini aytgan. Takliflarni o‘qib chiqayotgan bo‘lsa-da, qaytishi hozircha noma’lum.

Nebahat Chehre

“Muhtasham Yuz yıl” yulduzi 2021 yilda pandemiya tufayli ish faoliyatini to‘xtatgan. Ba’zi loyihalar bilan kelishuvlar amalga oshmagan. Hozir kichik rolga rozi bo‘lgan bo‘lsa-da, eski darajadagi yirik loyihalarda hali ko‘rinmadi. Uning “yarim nafaqasi” davom etmoqda.

Merve Bolgur

Nurbanu sulton obrazidan so‘ng Merve 2017 yildan beri seriallarda qatnashmayapti. Produserlar bilan shartlar borasida kelisha olmagani aytiladi — goh gonorar, goh ssenariylar mos kelmagan. O‘zi qaytishni istasa-da, hozircha unga mos loyiha yo‘q. Asosan o‘zining kosmetika brendi bilan shug‘ullanmoqda.

Fahriye Evjen

2023 yilda ikkinchi farzandi tug‘ilgach, Fahriyeninng faoliyati ham to‘xtadi. U oxirgi bor “Alp Arslan: Buyuk Saljuqiy”da ko‘ringan. Remeyklar va yangi ekranizatsiyalar bo‘yicha mish-mishlar ko‘p, ammo aktrisa hali hech birini tasdiqlamadi. Uning ijodiy tanaffusi davom etmoqda.

Kaan Urganjio‘g‘lu

To‘liq tanaffus qilmagan bo‘lsa-da, seriallardan voz kechib, asosan filmlarda paydo bo‘lmoqda. Farzandi tug‘ilgach Akyakaga ko‘chib, oilasi bilan dehqonchilik qilishni boshlagan. Shuning uchun uning ekranlarga qaytishi hozircha aniq emas. O‘zge Gurel bilan loyiha haqidagi xabarlar esa faqat mish-mish bo‘lib qoldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...