Vaynona Rayder “Uenzdey” 3-mavsumi aktyorlar tarkibiga qo‘shildi

Share post:

Variety nashri xabariga ko‘ra, Vaynona Rayder “Uenzdey” serialining uchinchi mavsumida rol ijro etadi. Shu tariqa aktrisa rejissyor Tim Byorton bilan yana bir bor hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Hozircha tafsilotlar oshkor etilmagan. Rayderning loyihada ishtiroki rasman tasdiqlangan bo‘lsa-da, uning qaysi obrazni gavdalantirishi noma’lum.

Variety ma’lumotiga ko‘ra, uchinchi mavsum “Uenzdey” tarixida mutlaqo yangi bobni boshlab beradi. Netflix serialni 2025-yilda rasman uchinchi mavsumga uzaytirgan. Premyera sanasi hali e’lon qilinmagan, biroq suratga olish ishlari 2026-yil fevralida Irlandiyada boshlangan va rasmiy tizer ham taqdim etilgan.

“Vaynonaning bizga qo‘shilganidan juda xursandman, u bu olamga juda mos tushadi”, — deya yangilikni izohlagan Tim Burton.

Rejissyor va aktrisa muxlislari allaqachon quvonchda, chunki bu ularning ilk hamkorligi emas. Rayder Byortonning mashhur “Bitljus” filmida Lidya Dits rolini, shuningdek “Qaychiqo‘l Edvard” kartinasida Kim obrazini yaratgan. Serial bosh rol ijrochisi Jenna Ortega bilan esa u “Bitljus”ning sikvelida birga ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Uenzdey”ning birinchi mavsumi 2022-yilda namoyish etilib, “Addamslar oilasi” asosida yaratilgan loyiha sifatida katta qiziqish uyg‘otgan edi. Ikkinchi mavsum 2025-yilda ekranlarga chiqqan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Met Gala–2026” mavzusi ma’lum bo‘ldi

Har yili o‘tkaziladigan va moda olamining eng ko‘p muhokama qilinadigan kechasi — “Met Gala–2026” mavzusi nihoyat e’lon qilindi....

Kayli Jenner “BAFTA–2026” qizil gilamiga Timoti Shalame bilan birga chiqmadi

“BAFTA–2026” taqdirlash marosimida Kayli Jenner odatdagidek sevgilisi Timoti Shalame bilan birga qizil gilamga chiqmagani insonlar e’tiborini tortdi. Kayli aktyor...

“BAFTA–2026” g‘oliblari bilan tanishing

2026-yilgi “BAFTA” taqdirlash marosimi London shahrida bo‘lib o‘tdi va kino olamidagi eng yorqin yutuqlarni e’tirof etdi. 79-marotaba tashkil...

HBO “Ajdarho uyi” uchinchi mavsumi tizerini taqdim etdi

Uchinchi mavsum Targaryenlar o‘rtasidagi fuqarolar urushi — “Ajdarlar raqsi” voqealarini davom ettiradi. HBO House of the Dragon serialining uchinchi...