Vanya Dmitrienko Anna Peresild bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirdi

Share post:

Vanya Dmitrienko “Basta bilan aniq savol” (“Вопрос ребром”) shousiga mehmon bo‘lib qatnashdi va unda o‘zining his-tuyg‘ulari, karyerasi hamda do‘stligi haqida shaxsiy fikrlarini bo‘lishdi. Suhbat chog‘ida u ilk bor Yuliya Peresildning to‘ng‘ich qizi — “Yigit so‘zi: Asfaltdagi qon” filmi orqali tanilgan Anna Peresild bilan bo‘lgan munosabatlari haqida batafsil gapirdi va u haqida faqat ijobiy fikr bildirganini ta’kidladi.

Musiqachi ayrim mavzularni omma oldida muhokama qilishni xohlamasligini tan oldi. Zalga yig‘ilganlardan biri “Anna ularning munosabatlarini oshkor qilmasligidan xafa bo‘ladimi?” deb so‘raganida, Vanya bu qiz bunga muammo sifatida qarashini aytdi. “Ba’zi narsalarni izohlamaslik ham mumkin”, — dedi u.

Tinglovchilar shuningdek, Annaning kasbi boshqa aktyorlar bilan o‘pishish sahnalarini talab qilishi bois, Vanya bunga qanday munosabatda bo‘lishi haqida so‘rashdi. Vanya bu murakkab masala ekanini tan oldi, ammo bunga tog‘ri nazar bilan qarash kerakligini aytdi.

“Bu — tan olishga majbur bo‘ladigan haqiqat, chunki insonni uning butun o‘tmishi va kasbi bilan sevib qolasiz. Aql bilan qabul qilish qiyin, biz bunday narsani ko‘pincha xiyonat deb qabul qilamiz, lekin bu ish. Bu munosabatlarning umumiy qismida qabul qilinishi kerak”, — dedi qo‘shiqchi.

Eslatib o‘tamiz, internetda 16 yoshli aktrisa va 19 yoshli qo‘shiqchi o‘rtasidagi munosabatlar haqida ilk gap-so‘zlar “Tsvetayeva” (“Цветаева”) qo‘shig‘iga olingan klipdan so‘ng paydo bo‘ldi. Klipda Peresild bosh qahramon rolini ijro etgan edi. Keyin ular birga ommaga ko‘rinish bera boshladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...