“Uenzdey” mualliflari gotik oilaga bag‘ishlangan multfilm ustida ishlamoqda

Share post:

“Uenzdey” seriali yaratuvchilari Addamslar oilasi haqida yangi animatsion film ustida ishlashyapti. Bu mashhur serial bilan hech qanday bog‘liqligi bo‘lmagan butunlay yangi hikoya bo‘ladi.

Serial ustida ishlagan Alfred Gof va Maylz Millar Amazon MGM Studios uchun yangi animatsion film yaratishyapti.

Gof “Crew Call”ga bergan intervyusida shunday dedi:

“Biz animatsion franshizani qayta ishga tushiryapmiz. Filmning avvalgi ikki qismga ham, serialga ham aloqasi bo‘lmaydi. Bu Addamslar oilasi haqida butunlay yangi to‘liq metrajli hikoya bo‘ladi. Hozircha ko‘p narsa aytolmaymiz, chunki loyiha juda yangi bosqichda.”

Shu bois hozircha filmning chiqish sanasi haqida gapirishga ham erta, ammo umid qilamizki, kutish juda uzoq bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bu ijodiy duet Uenzdey obrazining jozibasi nimada ekanini ham aytib o‘tdi.

Gofning so‘zlariga ko‘ra – “Bosh kalit — hazil yozishga urinmaslik, balki uning dunyoqarashini yetkazishdir. Agar hazilni majburan qo‘shishga harakat qilsang — o‘sha jumla oxirida kesib tashlanadi.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...