Toskanada nima yeyish mumkin?

Share post:

Italiyaning tarixiy mintaqalaridan biri bo‘lgan Toskana boy va betakror oshxona madaniyati bilan boshni aylantiradi. O‘ziga xos an’anaviy va mahalliy taomlar bilan boyitilgan O‘rta Yer dengizi oshxonasi bu yerda har xil ta’mga ega bo‘lgan sayyohlar uchun mos joylarni taklif qiladi.

Italiyaning markaziy qismida joylashgan, 23 ming kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lgan Toskana — ko‘plab tarixiy binolari va maydonlarga mezbonlik qiladi. Ayniqsa, gastronomiyasi tufayli bu hudud — sayyohlar orasida eng ko‘p tashrif buyuriladigan mintaqalardan biri hisoblanadi. Mashhur Florensiya shahri ham Toskana viloyatining poytaxti hisoblanadi.

Aytaylik, Toskanaga bordik u joyning madaniyatga oshno bo‘ldik. Endi esa savol tug‘iladi: Toskanada nima yeyish kerak, qayerlarga borish kerak? Marhamat, mana sizga bir nechta ajoyib tavsiyalar…

“Faqat baliq yeyman” deydiganlar uchun maxsus

O‘rta Yer dengizi taomlari ustun bo‘lgan Toskana oshxonasida baliq — eng sevimli va ajralmas ne’matlardan biri hisoblanadi. Bizning o‘zbek dasturxonlarida ham muhim rol egallagan baliq, Toskanada ham o‘zining o‘rniga ega.

Bu borada eng mashhur maskanlardan biri — La Pineta restorani. Marina di Bibbona sohilida joylashgan bu kichik restoran, bizning madaniyatimizdagi oddiy, samimiy muhitga ega bo‘lgan maskanlarni eslatadi. O‘zini uyda his qilishni xohlaganlar uchun ayni muddao.

Restoranning bosh oshpazi esa — baliqchilik sohasida 20 yillik tajribaga ega bo‘lgan haqiqiy usta.

“Baliq bilan judayam zo‘r ketadi” deydiganlar uchun bu joy — Fransiya va Germaniyaning nafis sharoblari bilan uyg‘unlikda taqdim etiladigan turli-tuman baliq taomlari va mazali gazaklari bilan ajoyib tanlov hisoblanadi.

“Qanday joyda o‘tirishim muhim” deydigan, har safarda hashamat, sifat va dabdabani yaxshi ko‘radiganlardanmisiz? Unda Toskanada siz uchun eng mos manzil — Enoteca Pinchiorri.

Bu nafis restoran — lazzat va estetikaning chegarasini bilmaydigan, noodatiy ta’mlarga ochiq bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda menyuda, odatda, baqlajon bilan tayyorlangan baliq, qovurilgan kaptar go‘shti, zaytunli quyon go‘shti, pomidor va qo‘ziqorinli laqqa baliq kabi o‘zgacha taomlar taqdim etiladi.Restoranni yanada o‘ziga xos qiladigan jihati esa — noyob o‘simliklar, mavsumiy mevalar va oq shokolad bilan tayyorlanadigan g‘aroyib va chiroyli desertlaridir. Nafislik, did va noodatiy ta’mlarni izlayotgan bo‘lsangiz, bu joy aynan siz uchun!

Boshqa bir madaniyat ta’mini totib ko‘rmoqchi bo‘lsangiz – Ristorante dei Frescobaldi

“Shuncha yo‘l bosib keldim, qaytganimda faqat ko‘rgan joylarimni emas, yegan taomlarimni ham hayajon bilan hikoya qilmoqchiman” deysizmi? Unda Toskanada siz uchun to‘g‘ri manzil — Ristorante dei Frescobaldi.

Bu restoran — an’anaviy Toskana taomlarini eng nafis uslubda taqdim etadigan maskanlardan biri. Ayniqsa, qo‘l bilan tayyorlangan makaronlar bilan ajralib turadi. Go‘shtni yaxshi ko‘radiganlar uchun ham, vegetarianlar uchun ham boy menyuga ega bu restoranga borsangiz, albatta sarsabilli risottoni tatib ko‘rmasdan chiqmang — afsus qilib qolasiz!

Toskanada yo‘lingiz Florensiyaga tushsa albatta manzil – Osteria Personale

Avvallari gazaklar bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa to‘laqonli restoran shaklini olgan Osteria Personale — Toskana safarida yo‘lingiz Florensiyaga tushsa, albatta tashrif buyurishingiz kerak bo‘lgan joylardan biri.

Nega aynan bu joy? Chunki bu restoran har bir taomini mahalliy, tabiiy mahsulotlar bilan tayyorlaydi. Bir tomondan tarixiy muhit sizni o‘ziga tortsa, boshqa tomondan esa ularning mashhur taomi —dudlangan kartoshkali qo‘y go‘shti bilan lazzatni his qilishingiz mumkin. Yana bir yaxshi tomoni — vegetarianlar uchun ham juda mazali tanlovlar menyuda bor.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...