U bugunga qadar yakkaxon erkak ijrochilar orasida eng daromadli konsert turi o‘tkazgan xonanda bo‘ldi.

Kanadalik ijrochi The Weeknd yana bir bor musiqa industriyasi tarixiga kirdi. Uning “After Hours Til Dawn” (“Tundan tonggacha”) nomli jahon gastrol safari Page Six xabariga ko‘ra 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi. Shu tariqa, bu tur yakkaxon erkak ijrochilar orasida tarixdagi eng daromadli gastrolga aylandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 153 ta konsertga 7,5 milliondan ortiq chipta sotilgan. Va gastrol hali tugagan — u 2026 yilgacha davom etadi. “Blinding Lights” xitining muallifi Meksika, Braziliya, Yevropa va Buyuk Britaniyada konsertlar bilan chiqish qiladi. Eslatib o‘tamiz, The Weeknd’ning jahon gastrol safari 2022-yilda boshlangan edi.

Mashhur pop-ijrochining muvaffaqiyati nufuzli mukofotlar va unvonlar bilan tasdiqlangan. 2023-yilda Ginnesning rekordlar kitobi uni “Dunyoning eng mashhur ijrochisi” deb e’lon qilgan. Uning “Blinding Lights” xiti RIAA tomonidan brilliant (diamond) sertifikatiga ega bo‘lgan va “Billboard Hot 100” tarixidagi eng yaxshi qo‘shiqlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
“Rekordlar” so‘zi bu ijrochining nomi yonida birinchi marta tilga olinayotgani yo‘q. 2023-yilda The Weeknd Billboard chartlarida birinchi o‘rinlar soni bo‘yicha Maykl Jekson bilan tenglashgan edi.

