Stilisti e’lon qildi: Zendaya Tom Holland bilan qachon turmush quradi?

Share post:

“O‘rgimchak odam” filmining yulduzi 2024-yil ta’til mavsumida Zendayaga turmush qurishni taklif qilgani aytilmoqda.

Zendayaning stilisti Lou Rouch yaqinda bergan intervyusida aktrisaning Tom Holland bilan to‘yi haqida ba’zi tafsilotlarni aytdi.

46 yoshli Rouch: “To‘yga hali bor. Ikkisi ham bu yil ko‘plab filmlarda suratga tushishmoqda, kelasi yili esa ko‘p galalar bo‘ladi. Shuning uchun ularni qizil gilamda ko‘p marta ko‘ramiz,” – dedi Los-Anjelesdagi “Fashion Trust” mukofot marosimida E! News’ga bergan intervyusida.

Zendaya bilan 14 yildan beri birga ishlayotgan moda mutaxassisining aytishicha, juftlik undan to‘yda ishtirok etishini so‘ragan.

Rouch: “2026-yilda dam olaman,” – deb to‘y kamida yana bir yil bo‘lmasligini imo qilgan.

Zendaya ayni paytda “Eyforiya” serialining uchinchi fasli ustida ishlayapti. U va 28 yoshli sevgilisi Holland 2026-yil 31-iyulda chiqishi rejalashtirilgan “O‘rgimchak odam – 4” filmida ham birga rol ijro etishadi.

“Davogarlar” filmida bosh rolni ijro etgan 28 yoshli Zendaya bu ikki loyihadan tashqari yana ikkita yangi filmda – Kristofer Nolan’ning “Odisseya”si va “Shrek – 5”da ham rol ijro etgan. Shuningdek, u “Dyuna 3-qism” filmida yana Chani obrazini gavdalantirishi mumkin. Filmning uchinchi qismi ham 2026-yilda ekranlarga chiqishi kutilmoqda.

“Disney Channel”ning sobiq yulduzi bo‘lgan Zendaya, Tom Holland bilan unashtirilganini 4 oy avval “Oltin globus” marosimida e’lon qilgan va 5 karatli olmos uzugini jurnalistlarga ko‘rsatgan edi.

Tadbirda “Los Angeles Times” muxbiri unga ochiqchasiga “Siz unashtirildingizmi?” deb so‘ragan. Muxbirning yozishicha, Zendaya faqat biroz tabassum qilib, yelka qisib javob bergan, bu esa uning javobini sir tutmoqchi ekanligini bildirgan.

Garchi yulduz jim qolgan bo‘lsa-da, Holland 2024-yil ta’til mavsumida unga turmush qurishni taklif qilganini tasdiqlagan.Ular ilk bor 2016-yilda “O‘rgimchak odam –uyga qaytish” filmining suratga olish maydonchasida tanishishgan. Bu filmda Holland superqahramonni, Zendaya esa uning sevgilisi rolini ijro etgan edi.

Bu juftlik munosabatlarini yillar davomida sir tutib kelmoqda.
Zendaya ko‘pincha shuhrat ortidan kelgan mashhurlik hayotida shaxsiy hayotning sir bo‘lib qolishi va aynan shu sababli munosabatlarini ham sir tutishni xohlashi haqida so‘z yuritadi.

U 2023-yilda “Elle” jurnaliga bergan intervyusida:
“Hayotimning ayrim qismlari ommaga oshkor bo‘lishini qabul qilaman. Oxir-oqibat men ham insonman, hayotimni yashayman va kimnidir sevaman. Ammo nimani bo‘lishishni o‘zim hal qilaman.” 

“Bu — xotirjamlikni saqlab qolish, ba’zi narsalarni faqat o‘zingiz bilishingiz va shu bilan birga yashashdan, mavjud bo‘lishdan qo‘rqmaslik haqida. Men yashirinib yashay olmayman. Bu qiziqarli emas. Endi esa har qachongidan ham oldinga intilayapman” degan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...