“Shrek 5” premyerasi yarim yilga kechiktirildi

Share post:

Universal va DreamWorks Animation beshinchi “Shrek” filmining premyerasini 2026-yil 23-dekabrdan 2027-yil 30-iyunga ko‘chirdi, deb xabar beradi Variety.

Bu allaqachon “Shrek 5” chiqishining ikkinchi marta kechiktirilishi bo‘ldi — avvaliga u 2026-yil iyulida taqdim etilishi rejalashtirilgan edi. Keyin filmning premyerasi 2026-yil dekabriga o‘tkazilgandi. Studiya kechikish sababini oshkor qilmadi.

“Shrek 5” asl “Shrek” animatsion xitining chiqishidan chorak asr o‘tib katta ekranlarga qaytadi. 2001-yilda chiqqan birinchi film “baxtli yakun” tushunchasini qayta talqin qilgan edi. “Shrek” darhol muvaffaqiyat qozonib, dunyo bo‘ylab qariyb 500 million dollar yig‘di va tarixda birinchi bo‘lib “Oskar” olgan animatsion film bo‘ldi. Undan so‘ng uchta davomi chiqdi: “Shrek 2” (2004), “Shrek Uchinchi” (2007) va “Shrek abadiy” (2010), shuningdek, ikkita “Puss in Boots” (“Etik kiygan mushuk”) spin-offlari.

Yangi qismda o‘z rollariga Mayk Mayers, Eddi Myorfi va Kemeron Dias qaytishadi.

Yaqinda ma’lum bo‘lishicha, DreamWorks franshizasi yangi davomini ham oladi — unda bosh qahramonning sodiq do‘sti Eshak haqida alohida film suratga olinadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...