Romeo Bekxem sevgilisi Kimdan oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ayrildi

Share post:

Otasi Devid Bekxemning yubiley bayramlari davomida doimo uning yonida turgan sodiq sevgilisi sifatida tanilgan Kim Ternbull endi Romeo Bekxem bilan birga emas.

Mail nashrining yozishicha, Romeo va model Kim 7 oy ishqiy munosabatdan keyin yaqinda ajrashishgan. Do‘stlarining aytishicha, ular munosabatlarini Devidning 50 yoshga to‘lganidan atigi 3 hafta o‘tib yakunlashgan. Sabab esa munosabatlari tabiiy ravishda “susayib qolgan”.

Manbalar ularning o‘rtasidagi munosabatlar do‘stona qolganini va ajrashishning sababi Kimning Nikola Peltz tomonidan, Bekxemlar oilasidagi janjallarga sabab bo‘lgani emasligini ta’kidlashmoqda.

Yaqin do‘stlaridan biri:

“Romeo va Kim ikkalasi hali yosh. Ular birga chiroyli vaqt o‘tkazishdi lekin bu yoshda munosabatlar har doim ham uzoq davom etmaydi. Ular tinchgina yo‘llarini ayirishga qaror qilishdi.”

“Ular ayriliqdan keyin ham do‘stona munosabatda bo‘lib qolishgan, hattoki ba’zida bir joyda bo‘lishgan. Bu juda achinarli, ayniqsa Devid va Viktoriya uni juda yaxshi ko‘rib, Romeo uchun juda mos deb o‘ylashgan edi. Afsuski, bu muhabbat qissasi uzoq davom etmadi.”

“Bu bir necha hafta oldin sodir bo‘lgan va hozirgacha ular bir-biriga nisbatan iliq munosabatda qolishgan.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...