Reper Lil Pump jiddiy baxtsiz hodisaga uchradi

Share post:

Reper Lil Pump tug‘ilgan kunidan uch kun oldin jiddiy yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Yomg‘ir va sirpanchiq yo‘l tufayli uning mashinasi ag‘darilib, yo‘l chetiga chiqib ketgan. Xonanda bo‘lib o‘tgan voqeani o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lishdi.

24 yoshli Lil Pump avtomobil oynasini o‘zi sindirib, mashinadan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. U obunachilariga yomg‘irli havoda mashina haydash xavfli ekanini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, reper tug‘ilgan kunini cherkovda o‘tkazishni, Xudoga hayotidagi barcha ne’matlar uchun minnatdorlik bildirishini aytdi:

“Do‘stlar, men bir necha kun oldin hayotimdan ayrilishim mumkin edi. Yomg‘irda mashina haydamang. Sog‘liq — bu boylik. Chiqish uchun oynani sindirishimga to‘g‘ri keldi. Agar buni qilmaganimda o‘lgan bo‘lardim. Tug‘ilgan kunimni Xudoga minnatdorlik bildirish uchun cherkovda o‘tkazaman.”

Bu reperning bunday voqeaga ilk marotaba duch kelishi emas. Avvalroq Kaliforniyalik bir fuqaro 2006-yilgi Bentley ishtirokidagi jiddiy YTH yuzasidan Lil Pump, uning menejeri va yana bir necha kishiga qarshi sudga murojaat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Lil Pump Rossiyada bo‘lib, Moskvadagi klublardan birida konsert berdi. U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ushbu chiqishidan video ham joylashtirgan. Shuningdek, mish-mishlarga ko‘ra, reper konsertdan so‘ng o‘zini Filipp Kirkorovning shogirdi deb ataydigan qo‘shiqchi Margo bilan birgalikda qo‘shiq yozgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...