Qaysi nomzodlar “Emmi-2025”da yetakchilik qilmoqda?

Share post:

2025-yildagi “Emmi” mukofoti nomzodlari ro‘yxati rasmiy e’lon qilindi. Yilning eng ommalashgan seriallari orasida “Bo‘linish”, “Oq nilufar”, “Pingvin”, “Oxirgimiz” va boshqa ko‘plab loyihalar bor.

Eng ko‘p nominatsiya to‘plagan loyiha “Bo‘linish” serialining ikkinchi fasli bo‘ldi. U bir vaqtning o‘zida 27 toifadagi mukofotga da’vogarlik qilmoqda: “Eng yaxshi dramatik serial”, “Eng yaxshi sahna dizayni”, “Eng yaxshi kasting” va boshqalar. Shuningdek, bosh rollarni ijro etgan Adam Skott va Britt Lauer ham eng yaxshi aktyor nominatsiyalarida ilgari surilgan.

“Betmen” olamiga asoslangan “Pingvin” seriali ham e’tirof etilgan: u 24 nominatsiyada qayd etilgan va “Eng yaxshi miniserial” unvoniga da’vogarlardan biri bo‘lib qolmoqda. “Oq nilufar” hamda “Kinostudiya” loyihalari 23 tadan nominatsiya bilan keyingi o‘rinlarda turibdi.

Yilning eng kutilmagan voqealaridan biri rejissyor Martin Skorsesening ilk bor aktyor sifatida “Emmi”ga nomzod bo‘lishidir. U “Kinostudiya” serialidagi ishtiroki uchun “Eng yaxshi taklif etilgan aktyor” toifasida ko‘rsatilgan.

Skorsese bu yangilikni kutilmagan hissiyotlar bilan qabul qildi: u qizi bilan onlayn suhbat paytida hayajondan yuzini qo‘llari bilan berkitib oldi. Qizi Fransheska Skorsese bu holatni skrinshot qilib, ijtimoiy tarmoqlarda otasini yangi yutug‘i bilan tabriklab ulashdi.

Shuningdek, aktyor Harrison Ford ham ilk bor “Emmi” mukofotiga nomzod bo‘ldi. 50 yillik aktyorlik faoliyatidagi bu ilk e’tirof unga “Terapiyada” serialidagi roli uchun “Komediya serialidagi ikkinchi darajali eng yaxshi aktyor” toifasida nasib etdi.

Yana bir e’tiborga molik holat 77 yoshli Keti Beytsning “Metlok” serialidagi ishtiroki bilan “Eng yaxshi dramatik aktrisa” nominatsiyasiga loyiq ko‘rilgani bo‘ldi. U shu toifada “Emmi”ga nomzod bo‘lgan yoshi eng katta ayol aktrisaga aylandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...