Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva The Walt Disney Company kompaniyasining vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash rejalashtirilmoqda. Maqsad O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish.
“Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlamoqchimiz” – Saida Mirziyoyeva.

“Janob Vashington mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga qiziqish bildirdi hamda barcha tashabbuslarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Shuningdek, O‘zbekistonda “Disney”ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirilgan.
Muhim loyihalar qatorida xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan Cinema Park kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan “Disneyland” tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.

