O‘zbekiston xalq artisti Gulnora Mavayeva vafot etdi

Share post:

O‘zbekiston xalq artisti, balerina, raqqosa, ustoz va murabbiy Gulnora Mavayeva 94 yoshida vafot etdi.

U ko‘p yillar davomida balerina sifatida Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida klassik baletlardagi yorqin rollari bilan tomoshabinlarni xushnud etib kelgan.

Raqqosa sifatida o‘zbek xalq raqslarida bebaho obrazlar yaratganki, ular nafaqat o‘z ona yurti O‘zbekiston, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlari tomoshabinlarini o‘ziga maftun etgan.

Gulnora Mavayeva O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Feruza Sagdullayeva, Gulnora Nizamova, Jamila Osmanova va boshqa ko‘plab iste’dodli shogirdlarni tarbiyalagan.

Gulnora Mavayeva hayotining so‘nggi kunlarigacha O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Respublika ixtisoslashtirilgan xoreografiya maktab-internati o‘qituvchilari va talabalariga o‘z bilim va tajribalari bilan bo’lishib keldi.

Uning shogirdlari esa bugungi kunda O‘zbekiston, Kanada, Rossiya, Isroil, Amerika, Germaniya kabi davlatlarda yashab ijod qilmoqdalar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...