Oskar mukofotiga sazovor bo‘lgan yulduz 6 yillik tanaffusdan so‘ng katta ekranlarga qaytmoqda! ?✨

Share post:

 2019-yilda Gay Richi tomonidan suratga olingan Jentelmenrlar filmida Xyu Grant va Kolina Farrella bilan birga rol o‘ynagan edi. Mashhur aktyor “Interstellar”, “Chegarasizlar” va “Qochqin” kabi filmlardagi rollari bilan tanilgan. Endi esa u “Amzia Kingning raqiblari” nomli yangi jinoyat va triller janridagi filmi bilan ekranga qaytmoqda. Ushbu filmda unga Kurt Rassell va Koul Sprous hamrohlik qiladi.

Variety nashriga bergan intervyusida, 55 yoshli aktyor Mettyu Makkonahi  shunday deydi:


“Men ba’zi narsalarni esladim” ? Birinchisi – aktyorlikni haqiqatan ham qanchalik yaxshi ko‘rishimni tushundim.
? Ikkinchisi – o‘zimga dedimki, “Mettyu Makkonahi sen bu ishda juda ham yaxshisan.”
? Uchinchisi esa – aktyorlik men uchun dam olish ekanini angladim. Sahnadagi ijro vaqtida butun e’tiborim faqat shu jarayonga qaratiladi. Ertalab uyimdan chiqayotganimda, rafiqam menga: “Bor, ishingni qil. Bolalar bilan men shug‘ullanaman, biz yaxshimiz”, deydi. Bu esa men uchun haqiqiy ta’tilga o‘xshaydi, chunki o‘sha paytda men faqat bitta narsaga – o‘ynayotgan qahramonimning haqiqatini topishga e’tiborimni qarataman.”

“Amzia Kingning raqiblari” filmi nufuzli festivalda premyera qilindi

“The Vast of Night” filmi bilan tanilgan rejissyor Endryu Patterson boshchiligidagi “Amzia Kingning raqiblari” filmi dunyo premyerasini AQShning Texas shtatida har yili o‘tkaziladigan SXSW Festivalida namoyish etildi.Film festival doirasida ikki marotaba namoyish etildi:
? Birinchi namoyish10-mart kuni bo‘lib o‘tdi.
? Ikkinchi namoyish13-mart kuni bo‘lib o‘tdi.

Rasmiy e’longa ko‘ra filmning syujeti quyidagicha:
Oklaxoma qishloqlarining tub-tubida, o‘zining jozibasi va musiqiy iste’dodi bilan ajralib turadigan Amzia King, turli fe’l-atvorga ega odamlarni birlashtirib musiqa guruhi tashkil etadi va shaharchaning eng yaxshi asal ishlab chiqarish biznesini yo‘lga qo‘yadi. Ammo yillar avval yo‘llari ayrilgan, asrab olingan qizi kutilmaganda qaytib keladi. Amzia qizi bilan aloqani tiklash va oilaviy biznes yaratish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi. Lekin asal bozori juda shafqatsiz va Amzianing raqiblari uning yaratgan hamma narsasini yo‘q qilish bilan tahdid qilishadi.

Mettyu Makkonahining kutilayotgan filmi faqatgina bu emas. Amerikalik aktyor shuningdek, rejissyor Pol Gringrassning drama filmi bo‘lgan  “Yo‘qolgan avtobus”da ham rol ijro etadi.

Hayot uchun kurash haqidagi hayajonli film Lizzi Jonsonning “Jannat: Amerikadagi yong‘indan omon qolish uchun bir shaharchaning kurashi” kitobiga asoslangan.Filmning prodyuserlari orasida “Oskar” mukofoti sohibasi aktrisa Jeymi Li Kyortis ham bor. “Yo‘qolgan avtobus” filmining suratga olish ishlari 2024-yil aprel oyida yakunlangan, ammo hali rasmiy premyera kuni e’lon qilinmagan.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...