Orlando Blum endi yolg‘iz ekanligini ko‘rsatib, Kim Kardashyanni o‘pdi

Share post:

Orlando Blum Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning 20 million dollarlik dabdabali to‘yidan oldin Kim Kardashyan bilan samimiy uchrashuvdan zavq oldi.

Aytilishicha, aktyor unashtirilgan sevgilisi Keti Perri bilan ajrashgan va yulduzlar bilan to‘la marosimda ilk bor «yolg‘iz yigit» sifatida qatnashmoqda.

48 yoshli Orlando hech ikkilanmay, 44 yoshli Kim bilan bir necha marotaba “havodan o‘pich” yo‘lladi. Ular Xloe Kardashyan va boshqa do‘stlari bilan birga to‘ydan oldin suhbatlashib, ko‘rishib olishdi.

Orlando va Kimning o‘zaro “tarixi” ham bor: o‘tgan yili bir tadbirda Orlando Ketti bilan birga bo‘lsa ham, Kimning orqasidan qiziqish bilan qarab turgan fotosurati mashhur bo‘lib ketgan edi.

2023-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan ‘Kering Foundation‘ tashkilotining “Ayollarni qo‘llab-quvvatlash kechasi”da Orlando Kettining belidan quchoqlab turgancha Kimning orqasiga qarayotgani kameraga tushib qolgan.

Bu surat internetda darrov mashhur bo‘lib ketgan, lekin Keti Perri buni jiddiy qabul qilmay: “Bu ish menga maqul! Nima bo‘pti endi?” deb hazillashib, mojaroni ortga surgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...