Netflix “Uenzdey” serialining uchinchi mavsumiga oid ilk tizerini namoyish etdi.

Qisqa rolikda o‘z rollariga qaytadigan asosiy qahramonlar va aktyorlar ismlari keltirilgan. Uchinchi mavsum suratga olish ishlari Irlandiyada olib borilmoqda.
Loyihaga Vaynona Rayder ham qo‘shildi — u Tabita ismli epizodik obrazni ijro etadi. Rejissyor Tim Burton aktrisani o‘zining yaqin do‘sti deb atab, u serialning gotik muhitiga juda mos tushishini ta’kidladi. Shuningdek, tizerda Eva Grin ismi ham paydo bo‘lgan.
Yangi qismlar premyerasi 2027-yilga rejalashtirilgan.

