Miranda Kerrning baxtli oila siri: Muvozanat va o‘rganish

Share post:

Snapchat asoschisi Evan Shpigel bilan baxtli hayot kechirayotgan dunyoga mashhur supermodel Miranda Kerr, baxtli oila sirini oshkor qildi. Kerr, Shpigel bilan turmushdagi ustuvor jihatlarini so‘zlab berdi





Bir paytlar Victoria’s Secret’ning asosiy modellardan biri bo‘lgan Miranda Kerr, 2015-yildan beri birga bo‘lgan va 2017-yilda turmush qurgan Evan Shpigel bilan baxtli oila sirini oshkor qildi. Snapchat asoschisi, milliarder, ishbilarmon Evan Shpigel bilan nikohidan uch nafar, sobiq turmush o‘rtog‘i Orlando Blumdan esa bitta farzandi bo‘lgan Miranda, baxtli oila sirini “muvozanat va bir-biridan o‘rganish”da ekanligini aytdi.


Men undan o‘rganaman, u mendan o‘rganadi. Bir-birimizni muvozanatda saqlaymiz. 11 yildan beri birgamiz va u mening eng sevimli insonim,” — degan 41 yoshli avstraliyalik model. U, 34 yoshli amerikalik turmush o‘rtog‘i Evan Shpigel bilan juftlik sifatida ham bir-birlarini, ham oilaning muhim ekanligini bilishlarini ta’kidladi.

Oila va bir-birlariga e’tibor berish juda muhim ekanini ta’kidlagan Miranda Kerr, turmush o‘rtog‘ini “U chinakam oila boshlig‘i” deb ta’rifladi. Kerr: “Shuning uchun bizni qizil yo‘lakchada ko‘rgan har bir kishi: “Miranda nahotki sen tashqaridasan?” derdi. Rostini aytsam, Evan va men uyda bo‘lishni yaxshi ko‘ramiz, lekin ba’zan ota-onalar ham tashqariga chiqishga majbur bo‘ladi,” — deya hazil qildi.

Miranda Kerr va Evan Shpigel 2017-yilda atigi 45 kishi ishtirokida to‘y qilib oila qurgan edi.


Juftlikning 9 yoshli Pyer, 6 yoshli Xart va 5 yoshli Maylz ismli uch o‘g‘li bor.


Miranda Kerrning Orlando Blum bilan turmushidan esa 13 yoshli Flinn ismli yana bir o‘g‘li bor. Kerr sobiq turmush o‘rtog‘i Blum va uning unashtirilgan jufti Keti Perri bilan yaqin munosabatlarini davom ettirayotganini va ular katta bir oila ekanliklarini aytgan.




Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...