“Qizil o‘lim niqobi” nomli qo‘rqinchli filmni suratga olish ishlari boshlandi. Film rejissyori — avval “Vabo” filmi bilan tanilgan Charli Polinjer. Loyiha A24 kinostudiyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Voqealar markazida hokimiyatga o‘ch hukmdor turadi. U o‘zining mustahkam qal’asida jamiyatning yuqori tabaqa vakillarini yashirib, tashqarida oddiy xalqni qirib tashlayotgan o‘limli epidemiyadan panoh topadi. Qal’a ichida esa zodagonlar hashamatli ziyofatlar, ko‘ngilochar bazmlar, fitnalar va shafqatsiz jazolar bilan to‘la hayot kechiradi.

Egizak opa-singillar bosh rollarini ilgari “Anora” filmida suratga tushgan Mayki Medison ijro etadi. Hikoyaga ko‘ra, opa-singillardan biri qashshoqlar orasida yashirinishga majbur bo‘ladi, biroq taqdir uni qal’a devorlari ichiga — fitna va vasvasalarga to‘la dunyoga olib kiradi.
Film halokat sharoitida elitaning ma’naviy tanazzulini qorong‘i va shafqatsiz ohangda ko‘rsatishni va’da qilmoqda.

