“Markaziy Osiyo madaniy brendi” yaratiladi

Share post:

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress ish o‘z ishini 14-noyabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvi bilan davom ettirdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva, Qirg‘iz Respublikasi madaniyat, axborot va yoshlar siyosati vaziri Mirbek Mambetaliyev, Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Matluba Sattoriyon, Turkmaniston madaniyat vaziri Atageldi Shamiradov va faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Adil Kerimli ishtirok etishdi. Majlis qamrovi va darajasi jihatida ilk bora o‘tkazildi.

Majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning turli masalalari ko‘rib chiqilishi, madaniyat va san’atning turli yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
Mintaqaviy madaniy hamkorlikning joriy holati va istiqbollari;

Mintaqadagi madaniyat arboblari o‘rtasida madaniy almashinuvni kengaytirish;

Markaziy Osiyo uchun madaniy brendni rivojlantirish.

Markaziy Osiyo davlatlari madaniyat vazirlari Toshkentda mintaqaviy madaniy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Vazirlar Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va ma’naviy yaqinlik mintaqaviy birdamlikni mustahkamlovchi muhim omil ekanini ta’kidladilar. Tomonlar 2022-yilda imzolangan “I asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish yo‘lida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma” tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Uchrashuv davomida madaniy aloqalarni yanada kengaytirish, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni mustahkamlash, shuningdek, mintaqada tinchlik va o‘zaro tushunishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Tomonlar san’at, adabiyot, kino, teatr va musiqa sohalarida qo‘shma tadbir va festivallarni o‘tkazishni qo‘llab-quvvatladi.

Madaniy merosni o‘rganish, tiklash va raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni kengaytirish, yosh ijodkorlar o‘rtasidagi almashinuv dasturlarini rivojlantirish, seminarlar, konferensiyalar va yozgi maktablarni tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, madaniyat va san’at yo‘nalishida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish borasida hamkorlikni kuchaytirish niyati bildirildi.

Tomonlar “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishga rozilik bildirdilar. Keyingi vazirlar uchrashuvining sanasi va joyi belgilanishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv yakunida, Markaziy Osiyo madaniyat vazirlari o‘rtasida hamkorlik yuzasidan teng kuchga ega besh nusxada bayonnoma imzolandi. imzolandi.

Shuningdek, kunning kechki qismida madaniyat vazirlari poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Qozog‘iston Respublikasining teatr vakillari tomonidan sahnalashtirilgan va ijro etilgan “Xon Sulton. Oltin O‘rda” spektaklining namoyishida ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ushbu formatdagi uchrashuvi ilk marotaba o‘tkazildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...