Kun mish-mishi: Anjelina Joli va Jonni Depp uchrashyaptimi?

Share post:

Internetda “Turist” filmi yulduzlari — Anjelina Joli va Jonni Depp o‘rtasida romantik munosabatlar boshlanganligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Ular bu munosabatni jamoatchilikdan yashirishga harakat qilayotgani aytilmoqda.

RadarOnline bu borada kutilmagan yangilik bilan chiqdi. Mish-mishlarga ko‘ra, Jonni Depp va Anjelina Joli yashirincha sevgi munosabatlarini boshlagan. Yillar davomida turli taxminlar va ekran ortidagi faoliyatlaridan so‘ng, ular hozirda Londonda va Los-Anjelesda uchrashib turishmoqda. Ular hamma narsani maxfiy saqlash uchun qo‘lidan kelganini qilayotgan emish. “Ular fosh bo‘lishdan saqlanish uchun juda katta choralar ko‘rishyapti”, — deydi noma’lum manba.

62 yoshli “Oskar” sohibi Jonni Depp va 50 yoshli “Malefisenta” yulduzi Anjelina Joli 2010-yilda chiqqan “Turist” filmida birgalikda suratga tushishgan, o‘sha vaqtda u Vannesa Paradi bilan, Joli esa Bred Pitt bilan munosabatda bo‘lgan. Shunga qaramay, manbaga ko‘ra, Jonni “yillar davomida yuragida Endjiga nisbatan his-tuyg‘ular saqlagan”.

Ularning uchrashuvlari tez-tez bo‘lib turgan bo‘lsa-da, manba aytishicha, bu munosabatlar “birinchi uzatma”da qolib ketmoqda. Joli Jonni Deppni rad etmayapti, biroq uni o‘ziga juda yaqin ham yo‘latmayapti — u hissiy jihatdan ma’lum bir masofani saqlamoqda. “Agar hammasi Deppga bog‘liq bo‘lganida, u bu munosabatni ancha jiddiy qabul qilgan bo‘lardi”, — deydi manba.

Joli va Depp uzoq yillik do‘stlar va ular og‘ir damlarda doim bir-birni qo‘llab keladi. Bundan tashqari, Joli ilgari Deppga nisbatan iliq fikr bildirgan edi. The Japan Times nashriga bergan intervyusida u “Turist” filmidagi suratga olish jarayonlari haqida gapirib, Depp ijro etgan “Qaychi-qo‘l Edvard” qahramoniga “crush” bo‘lganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Depp bilan bir filmda rol o‘ynayotganidan juda hayajonlangan va uni uzoq yillar aktyorlar orasida “eng zo‘ri” deb hisoblab kelgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...