Kianu Rivz “Jon Uik – 5” filmida ham rol ijro etadimi?

Share post:

Rekord o‘rnatgan filmning bosh qahramoni Kianu Rivz yollanma qotil rolini o‘ynaydi



Kianu Rivzning “Jon Uik” filmidagi roli hali aniq emas, lekin film jamoasi a’zolari film kelajagi haqida ba’zi narsalarga oydinlik kiritdi.

Rivz “Jon Uik” filmlarida vafot etgan rafiqasi sovg‘a qilgan itni o‘ldirganlardan qasos olishga urinayotgan sobiq yollanma qotil rolini ijro etadi. Birinchi film 2014-yilda namoyish etilgan bo‘lib, unga 2017, 2019 va 2023-yillarda yana qismlar qo‘shildi.Shuningdek, “Jon Uik” olamiga tegishli “Balerina” nomli spin-off filmi 2020-yilda tasdiqlangan va bu yilning oxirida katta ekranlarga chiqishi kutilmoqda.

Rivz filmda rol o‘ynashi haqidagi mish-mishlarga aniq javob bermasa ham, Lionsgate’ studiyasi uning qaytishi mumkinligiga imo qildi.

Lionsgate kompaniyasining rais o‘rinbosari va global mahsulotlar hamda tajribalar bo‘yicha rahbari Jennifer Braun Comicbook.com saytiga bergan intervyusida:
“Bu olam aqlbovar qilmas darajada o‘sib, kengayishda davom etmoqda,” — deb ta’kidladi.

“Endi navbat, albatta, birinchi spin-off filmimiz “Balerina”ga. Biz uning butun dunyo bo‘ylab namoyish etilishini intiqlik bilan kutmoqdamiz” degan.

Braun shuningdek:
Albatta, biz “Jon Uik – 5” filmi ustida ishlayotganimizni e’lon qildik. O‘ylaymanki, kelajakda yanada ko‘proq spin-off filmlar, seriallar va video-o‘yinlar ham yaratamiz” — deb qo‘shimcha qildi.

Lionsgate’ vakilidan Jon Uikning yangi filmda qaytish ehtimoli haqida so‘rashganda, u quyidagicha javob berdi:
Biz “Jon Uik – 5” ni ishlab chiqayotganimizni aytgan edik… [Jon Uik] [o‘lgan] bo‘lishi mumkin. Hammamiz nafasimizni ichimizga yutgan holda bu haqidagi ma’lumotlarni bilishni intiqlik bilan kutmoqdamiz” degan.Rivzdan o‘z roliga qaytishga tayyormi, deb so‘rashganda, u quyidagicha javob berdi:
“Bilasizmi, qahramon o‘ldi. “Jon Uik – 4”da u vafot etdi. Ha, bilaman, bu Gollivud hikoyasi. Hozircha qaytish rejasi yo‘q” degan.

The Independent’ nashrining sharhlovchisi Klarissa Lourey “Jon Uik – 4” haqidagi 4 yulduzli sharhida shunday yozgan edi:
“Film deyarli uch soat davom etsa ham, o‘zini shu qadar jiddiy oladiki, sun’iy va bo‘rttirilgan uslubning chegarasiga yetib boradi.”Shunga qaramay, film o‘ziga xos ishonch va jasorat bilan tomoshabinlarni o‘ziga tortadi. Hatto filmda 1962-yilgi klassik “Arabistonlik Lourens” (Lawrence of Arabia) kartinasidagi mashhur o‘tish texnikasi – shamni o‘chirish sahnasidan cheksiz cho‘ldagi titrayotgan yorug‘likka o‘tish uslubi ham takrorlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jeki Chan Qozog‘istonga tashrif buyurdi

Dunyo kinosining afsonasi, aktyor, rejissyor va jang san’ati ustasi Jeki Chan 23-sentabr kuni Olmaotaga keldi. Uning kelishi haqidagi...

Jadidlar haqidagi “Qora kitob” filmi premyerasi bo‘lib o‘tadi

4-oktyabr kuni soat 18:00 da Milliy kino san’ati saroyida “Vatan” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora kitob” badiiy filmning...

Munavvara Abdullayevaga bag‘ishlangan ijodiy kecha

Joriy yilning 26-sentyabr kuni soat 17:00da O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, aktrisa, rejissyor...

Emma Uotson 7 yillik tanaffusining sababini tushuntirdi

So‘nggi aktyorlik ishidan yetti yil o‘tdi va Emma Uotson yangi intervyusida tanaffus sabablari haqida gapirdi. Aktrisaning oxirgi roli...