«Juda g‘alati ishlar»: serial AQSh iqtisodiyotiga 1,4 milliard dollar foyda keltirdi

Share post:

Netflix’ning mashhur «Juda g‘alati ishlar» seriali nafaqat tomoshabinlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, balki AQSh iqtisodiyotiga ham ulkan foyda keltirdi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu loyiha mamlakat iqtisodiyotiga 1,4 milliard dollar miqdorida hissa qo‘shgan.

Eng katta iqtisodiy foyda serialning asosiy qismi suratga olingan Jorjiya shtati hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu hududda yaratilgan sahnalar va infratuzilma orqali shtat yalpi ichki mahsulotiga qo‘shilgan hissa 650 million dollarga baholandi. Serial ishlab chiqarilishi mahalliy mutaxassislar bandligini oshirib, xizmatlar va turizm rivojiga ham turtki berdi.

Ikkinchi o‘rinni Kaliforniya shtati egalladi. Bu yerda olib borilgan suratga olish va postprodakshn ishlari orqali shtat iqtisodiyotiga yana 500 million dollar miqdorida daromad keltirildi.

Bundan tashqari, serialning mashhurligi ko‘plab sohalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Suratga olish joylari mashhur sayyohlik maskanlariga aylandi, 1980-yillar madaniyati, musiqasi va kiyinish uslubi yana ommalashdi.

Beshinchi mavsumning yakuniy qismi efirga uzatilishidan oldin ham serialning umumiy tomosha qilinishlar soni 1,2 milliarddan oshdi. Shu tariqa, «Juda g‘alati ishlar» Netflix tarixidagi eng mashhur loyiha sifatida e’tirof etildi va «Kalmar o‘yini» hamda «Uensdey» kabi mashhur loyihalarni ortda qoldirdi.

Mazkur muvaffaqiyat yirik striming loyihalari nafaqat madaniy hodisaga, balki butun mintaqalar iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsata oladigan kuchli omil ekanini yana bir bor isbotladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Salmon Xon 60 yoshda: Bollivud superyulduzining tug‘ilgan kuni

Bugun Hind kinosining eng mashhur va kuchli aktyorlaridan biri — Salmon Xonning tug‘ilgan kuni. U haqiqiy Bollivud superyulduzi...

Billboard 2025 yilning eng daromadli konsert turlarini e’lon qildi: musiqiy sahnada tarixiy rekordlar

Billboard nashri 2025 yil yakunlariga ko‘ra eng katta daromad keltirgan konsert turlarining rasmiy reytingini e’lon qildi. Joriy yil...

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi treyleri 3 kunda 33 milliondan ortiq tomosha qilindi

Kristofer Nolanning Gomer dostoni asosida suratga olingan “Odisseya” (The Odyssey) filmining ilk treyleri qisqa vaqt ichida katta qiziqishga sabab bo‘ldi....

Teylor Svift Feeding America’ga 1 million dollar xayriya qildi

Mashhur amerikalik xonanda Teylor Svift yana bir bor saxiyligi bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. U AQSh bo‘ylab millionlab odamlarga...