Jonni Deppning 2 ta kartinaga asoslangan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Share post:

Jonni Depp Londonning South Molton ko‘chasidagi Castle Fine Art galereyasida rassomlik ko‘rgazmasini ochdi. Mazkur ko‘rgazma “Nur qo‘sh” (Add Light) deb nomlanadi. Texnik jihatdan unda atigi ikki rasm bor, ular gravura shaklida sotuvga qo‘yilgan. Ammo galereyada bu rasmlar aktyorning boshqa san’at asarlari bilan boyitilgan.

Ularning barchasi 2000-yillarning boshida yaratilgan asl asarlar bo‘lib, o‘sha paytda Depp Fransiyaning janubidagi Le Amö (Le Plan-de-la-Tour) qishlog‘ida sobiq turmush o‘rtog‘i — fransuz qo‘shiqchisi va aktrisasi Vanessa Paradi hamda farzandlari — Jek va Lili-Rouz bilan birga yashagan. Aftidan, bu davr Depp uchun juda samimiy xotiralar bilan bog‘liq — hali Emili Xerd bilan munosabatlar va keyingi sud mojarolari boshlanmagan osoyishta zamon.

Ko‘rgazmadagi birinchi asar “Atirgul – bu atirgul” (A Rose is a Rose is a Rose) deb nomlangan. Bu ibora Uilyam Shekspirning “Atirgul nomi o‘zgarsa ham, u baribir xushbo‘y” degan fikriga ishoradir.

Har yili Muqaddas Valentin kuni Depp qizi Lili-Rouz uchun gul — aynan atirgul chizgan. Mazkur asar katta ma’noga ega: unda noziklik bilan birga, yashirin qayg‘u va himoya tuyg‘ulari aks etgan — ota sifatidagi xavotir va mehr.

Ikkinchi asar esa — o‘sha davrdagi avtportret bo‘lib, unda Depp abstrakt tarzda tasvirlangan, ko‘zlari esa ko‘zoynak ortida ko‘rinmaydi.

Bu asarga “Nur qo‘sh” deb nom bergani haqida shunday izoh qoldirgan:

“Menga nasib etdi — turli rassomlardan tinglab, ulardan o‘rganib — shuni tushundimki, sen aslida qiladigan yagona narsa bu bor narsalarga nur qo‘shishdir.”

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...