Jiji va Bella Hadidning ajoyib oila siri oshkor bo‘ldi

Share post:

Yaqindagina Jiji va Bella Aydan ularning o‘gay opasi ekanini e’lon qilishdi va bu kutilmagan, ammo oila a’zosini mehr bilan qabul qilganliklarini bildirishdi.The Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, 76 yoshli Muhammad Aydan bilan shaxsiy munosabatlarini saqlab qolgan biroq uni hech qachon omma oldida tan olmagan.Orlando Florida shahrida voyaga yetgan Aydan Parsonsda tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olgan. U o‘tgan yili Parijda tahsil olayotganida opa-singillar bilan tanishgan. Shundan beri u bir necha bor ular bilan birga suratga tushgan.The Daily Mail’ga ko‘ra, oila a’zolari yangi tanishgan opa-singillar doimiy aloqada bo‘lib, asta-sekin bir-biriga yaqinlashayotgani yozilgan. 20 yil avval otamiz hali oila qurmagan paytda qisqa muddatli munosabatda bo‘lgan va birga bo‘lgan ayoli homilador bo‘lib qolgan ekan.Aydan Florida shtatida tug‘ilib o‘sgan va u unga mehr bergan “ota” deb bilgan inson bilan voyaga yetgan. U 19 yoshga to‘lganida otasi to‘satdan vafot etdi. Otasining vafotidan keyin Aydan qiziqish bilan genetik test topshirdi va shu tarzda biz bilan biologik aloqasi borligini aniqladi.Biz Aydan bilan ilk bor 2023-yil oxirida bog‘landik va o‘sha paytdan boshlab uni ochiq ko‘ngillilik bilan qabul qildik. U bizning parchamiz. Shuning uchun otamiz bilan ham vaqt o‘tkazdi va biz bu kutilmagan, ammo go‘zal oilaviy qadryatlarni qadrlayapmiz.“Aydan va uning oilasi shaxsiy hayotlariga aralashilmasligini xohlashadi va biz bu qarorni to‘liq hurmat qilamiz. Boshqalardan ham shuni iltimos qilamizki, ularning maxfiylikka bo‘lgan bu haqlarini e’tiborga olishsin va Aydanning Nyu-Yorkda yosh ayol sifatida tinch hayot kechirishiga imkon berishsin” deydi oila.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...