Jennifer Lopez Rossiyada konsert berishdan bosh tortdi

Share post:

Jennifer Lopez G‘arbdagi mumkin bo‘lgan heyt sabab Rossiyada chiqishdan bosh tortdi.

Mash telegram-kanali xabar berishicha, Jennifer Lopez avgust oyida Rossiyada gastrol doirasidagi konsertidan voz kechgan. Sabab — G‘arbdagi hamkasblarining kutilmagan reaktsiyasi. Jey Lo qo‘rqadiki, Rossiyadagi konsert G‘arbda yangi heyt to‘lqinini keltirib chiqarishi va uning obro‘sini (yana) xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

Mash ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi tashkilotchilar pop-diva bilan uning MDH mamlakatlari — Qozog‘iston, O‘zbekiston va Armanistondagi gastrollari fonida bog‘langan. Konsert sanasi va narxi — bir million dollar miqdorida kelishilgan, hatto niyatlar to‘g‘risidagi kelishuv ham imzolangan edi. Ammo maslahatlashib olgach, Jenniferning jamoasi rad javobini bergan.

Yirik kontsert agentligi PMI rahbari Yevgeniy Finkelshteyn Mash bilan suhbatda muzokaralar haqidagi ma’lumotni inkor etmadi, biroq izoh berishdan bosh tortdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aynan uning kompaniyasi san’atkor bilan muzokaralar olib borgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...