Jennifer Lopesning konserti iqtisodiyotga qanday ta’sir qildi?

Share post:

Madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasining xabar qilishicha, xonanda Jennifer Lopesning Toshkentdagi chiqishi mamlakat tarixidagi ilk AAA toifali san’atkor konserti bo‘ldi. Shouga 15 mingdan ortiq turist tashrif buyurdi, mehmonxonalar bandligi chorakka, soliq tushumlari esa 42,5 mlrd so‘mga oshgani aytilmoqda.

Konsertga stadionga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni hisobga olgan holda 31 144 kishi tashrif buyurdi. Konsertga 25 ming chipta sotilgan bo‘lsa, uning 67 foizini xorijliklar. O‘zbekistonga 15 330 nafar xorijiy sayyoh keldi, ulardan 8945 nafari rossiyalik, 2495 nafari qozog‘istonlik, shuningdek, AQSh va yevropalik mehmonlar hisoblanadi.

“O‘zbekiston 24” telekanalining xabar berishicha, chiptalar narxi 1 million so‘mdan 4,2 million so‘mgacha farq qilgan. Shu tariqa konsertdan potensial daromad 25 mlrd ($1,97 mln) dan 105 mlrd so‘m ($8,28 mln) oralig‘ida baholanmoqda.

Jamg‘armaning ta’kidlashicha, konsertni tashkil etish uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratilmagan. CA Entertainment chiptalarni sotish uchun javobgar bo‘lgan. Konsertdan Toshkent shahriga 42,5 mlrd so‘mdan ($3,3 mln) ortiq soliq tushumi tushgan “Konsert xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qilish, shuningdek, mehmonxona va restoran biznesi uchun kuchli turtki bo‘ldi”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Tartibni saqlash uchun 88 ta yo‘l-patrul xizmati va maxsus texnika, 8 ta tez tibbiy yordam mashinasi, 3800 nafar huquq-tartibot idoralari xodimi, 300 nafar ko‘ngilli va 500 nafar obodonlashtirish xodimi ish olib bordi.

Ummuman olganda O‘zbekistonda ilk bor dunyo miqyosidagi yirik konsert dasturi o‘tkazildi va bunday konsert dasturlar davlatimiz iqtisodiyoti hamda turizm sohasiga katta foyda olib kelishini isbotladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...