Afsonaviy aktyor Jeki Chan yangi “Kutilmagan oila” dramasining premyerasida o‘z o‘limiga qanday tayyorgarlik ko‘rganini so‘zlab berdi.
Aktyorning aytishicha, u o‘zining so‘nggi fikrlarini yangi bir qo‘shiqda ifodalagan va bu qo‘shiq uning vafot etgan kuni e’lon qilinadi. Chan ilgari tez-tez yoshligida, xavfli kaskadyorlik mashqlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lishni tasavvur qilganini, shu yo‘l bilan afsonaga aylanishni istaganini aytdi. Ammo hozir u bunday o‘y-fikrlar bilan yashamasligini ta’kidladi.

“Kutilmagan oila” filmida Jeki Chan Altsgeymer kasalligiga chalingan, kvartirada yashovchi odamni o‘g‘li deb o‘ylab, bir nechta begona insonlar bilan noodatiy oila yaratadigan keksa kishini ijro etadi.
“Men dunyoga shuni ko‘rsatmoqchiman: men faqat jangari filmlar yulduzi emasman, balki kung-funi mukammal biladigan aktyorman”, — dedi u.
Rolga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Jeki Chan Altsgeymer kasalligiga chalingan insonlar bilan vaqt o‘tkazdi. U film bu kasallik haqida jamiyatda xabardorlikni oshirishiga umid bildirdi.

