Jastin rafiqasi Xeylining jozibali suratlarini joylagach, muxlislar hayajonga tushdi

Share post:

Jastin Biber muxlislarini xursand qildi: Xeylining jozibali suratlarini Instagram sahifasiga joyladi

Kanadalik 31 yoshli qo‘shiqchi juma oqshomini rafiqasi Xeylining “thirst trap” suratlarini Instagram sahifasida ulashishga bag‘ishladi — bu esa muxlislarni hayajonga soldi.

Rasmda Xeylining yashil rangdagi “Gucci” brendining arxividan olingan bluzkasida ko‘rinadi. Jastin suratga “mindblown” (hayrat) emoji qo‘yib, juftlik orasida muammolar borligi haqidagi mish-mishlarga nuqta qo‘ydi. Muxlislar esa izohlarda uni “rafiqasiga oshiq” deb yozishdi.

Bu voqea Jastinning yangi albomi — “SWAG II” chiqqanidan keyin bo‘ldi. Albomning birinchi qismida joy olgan “Go Baby” qo‘shig‘ida esa Xeyli haqida so‘z yuritiladi: “Bu mening sevgilim, u afsonaviy, iPhone g‘ilofi, lab bo‘yog‘i unda”, deb Xeylining “RHODE lip gloss” telefon g‘ilofiga ishora qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...