Intellektual qullik: rassom ayollaridan shon-sharafni o‘g‘irlagan erkaklar

Share post:

Mari-Ann Fragonar

Mari-Ann Fragonar fransuz rassomi Mari-Ann 27 yoshida 37 yoshli rassom bilan oila quradi. Ular birgalikda Luvrdagi ustaxonada ishlay boshlaydilar. Ann nafaqat eriga yordam berardi, balki to‘laqonli hamkasb edi. Biroq, rassom uning ba’zi asarlarini o‘z nomi bilan imzolashga qaror qildi. Ularning badiiy uslubi haqiqatan ham o‘xshash edi, ammo Mari-Ann undan ko‘ra iste’dodli bo‘lib ayniqsa bu nafis miniatyuralarda sezilardi.


Mari Duval


Viktoriya davridagi Angliya komikslarining mashhur qahramoni Alli Sluperning yaratuvchisi Mari Duval taxallusi ostida ishlagan Izabel Emili de Tessier ekanligini juda kam odam biladi. Marining bo‘lajak eri buyuk britaniyalik karikaturachi Charlz Ross Marining iste’dodi unga tarixda iz qoldirishga yordam berishini darhol angladi.

Mari Duval XIX asrdagi Yevropa karikaturachilari orasida birinchi ayollardan biri sifatida jamoatchilik e’tiborini jalb qildi. Ammo uzoq vaqt davomida Charlz Ross kulgili personajning yaratuvchisi deb hisoblangan va deyarli ikki asr o‘tgach, insonlar ularning muallifi Mari Duval ekanligini bilishgan.

Margaret Kin

Amerikalik rassom portretlari bilan mashhur bo‘lib, yigirmanchi asrning 60-yillarida Kin familiyasi san’at olamida quyoshdek nur socha boshladi. Afsuski, bu Margaret emas edi. Uning turmush o‘rtogi Valter Kin o‘z muallifligi ostida Margaretning rasmlarini sota boshladi.

1970-yilda Margaret o‘zining munosib shon-sharafini tiklashni xohladi va eri Uolterni sudga berdi. U esa bolasini o‘ldiraman deb qo‘rqitdi. Sudya muammoga ikkisiga ham portret chizdirish orqali yechim topdi. Uolter qo‘lidagi og‘riq sabab qilib chizishni rad etdi, Margaret esa 53 daqiqada bu ishni uddaladi. Sud unga 4 million ma’naviy zarar uchun tovon puli undurishini aytdi ammo u pulni rad etdi va u shunchaki o‘z nomini saqlab qolishni istaganini aytdi.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, “O‘zbekiston doirachilari” jamoat birlashmasi raisi  Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi. U ko‘p yillar davomida...

Jennifer Lopez jamoasi Istanbuldan Toshkentga charter reysi bilan yetib keldi

Bortda xonandaning beshinchi jahon gastrol safari — Up All Night – LIVE IN 2025ning 90 nafar ishtirokchisi bor...

Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 ta multfilm

“Ruh”Multfilm bosh qahramoni musiqa maktabi o‘qituvchisi Jo Gardner bo‘lib, u bolaligidan jazz ijro etishni orzu qilardi ammo bunga...

“Formula-1” – Bred Pittning karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan film

“Formula-1” Bred Pittning butun karyerasidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi. U besh hafta ichida 545,6 million dollar...