HBO “Ajdarho uyi” uchinchi mavsumi tizerini taqdim etdi

Share post:

Uchinchi mavsum Targaryenlar o‘rtasidagi fuqarolar urushi — “Ajdarlar raqsi” voqealarini davom ettiradi.

HBO House of the Dragon serialining uchinchi mavsumi uchun ilk tizerini e’lon qildi. Loyiha Jorj R. R. Martin qalamiga mansub “Olov va qon” (“Fire & Blood”) asari asosida suratga olingan.

Yangi mavsum Targaryenlar sulolasi ichidagi fuqarolar urushi — “Ajdarlar raqsi”ni tasvirlashda davom etadi. Syujet markazida temir taxt uchun keng ko‘lamli to‘qnashuvlar, “qoralar” va “yashillar” fraksiyalari o‘rtasidagi shiddatli janglar hamda Vesteros taqdirini o‘zgartiradigan muhim burilishlar turadi.

Uchinchi mavsumda asosiy aktyorlar tarkibi saqlanib qoladi:
— Mett Smit — Deymon Targaryen,
— Emma D’Arsi — Reynira Targaryen,
— Oliviya Kuk — Alisent Haytauer,
— Stiv Tussent — Korlis Velarion,
— Fabiyen Frankel — Kriston Koul,
— Tom Glin-Karni — Eygon II Targaryen,
— Evan Mitchell — Eymond Targaryen.

Yangi qismlar premyerasi iyun oyida HBO platformasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Taniqli reper Bed Banni ilk bor kinoda bosh rolni ijro etadi

Reper Bed Banni “Puerto Riko” filmida bosh rolni ijro etadi Puerto-rikolik mashhur reper Bed Banni faoliyatida yangi bosqichni boshlamoqda....

Gollivudni hayratlantirgan Tom Kruz va Bred Pitt ishtirokidagi rolik (AI)

Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan qisqa metrajli rolik kino sanoati gigantlarini jiddiy tashvishga solib qo‘ydi. Dunyoga mashhur yulduzlar —...

Chonguk Hublot brendining global elchisi bo‘ldi

Shveysariya lyuks soat brendi Hublot BTS a’zosi Chongukni o‘zining yangi global elchisi etib tayinladi. Hamkorlik Seulda (Janubiy Koreya)...

XXI asrda “Oskar” olgan aktrisalar reytingi e’lon qilindi

Nufuzli Rolling Stone jurnali XXI asrda “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan aktrisalar reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatni tuzishda ularning kino...