“Hayvonlar shahri 2” daromadi 1 milliard dollar oshdi

Share post:

“Hayvonlar shahri 2” kinoteatrlardagi namoyishining atigi 17 kuni ichida dunyo bo‘ylab 1 milliard dollar kassaviy daromad to‘pladi. Shu tariqa u PG reytingiga ega filmlar orasida ushbu moliyaviy marraga eng tez yetgan filmga aylandi.

Mazkur animatsion film joriy yilda 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirgan uchinchi loyiha bo‘ldi. Undan oldin Disney’ning “Lilo va Stich” filmi (1,03 mlrd dollar) hamda Xitoy animatsion xiti “Neeja 2” (1,9 mlrd dollar) bu natijaga erishgan. “Neeja 2” hozirda 2025-yilning eng kassabop filmi hisoblanadi. Kino tarixida esa atigi 13 ta animatsion film dunyo bo‘yicha 1 milliard dollardan ortiq daromadga ega bo‘lgan bo‘lib, ularning 10 tasi Disney tomonidan chiqarilgan.

Walt Disney Animation Studios’ning kreativ direktori Jared Bush film muvaffaqiyati haqida shunday dedi: “Disney Animation jamoasining barcha xodimlari tom ma’noda yuragini, jonini va butun ishtiyoqini ushbu filmga bag‘ishladi. Biz tomoshabinlarga quvonch, tasavvur va chuqur mazmunga boy hikoyani taqdim etishni xohladik”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Bepul kinonamoyishlarga marhamat!

1−25-fevral kunlari O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida 2025-yilda suratga olingan eng yangi o‘zbek filmlarining 25 kunlik bepul kinonamoyishlar...

Hollywood tepaligida Sidni Suini bilan mojaro

Aktrisa 26-yanvar kuni kechasi Los-Anjelesdagi mashhur “Hollywood” belgisi ustiga chiqib, ko‘plab ichki kiyimlarni harflar ustiga ilib chiqqan. Bu...

“Oskar – 2026” ga nomzodi qo‘yilgan animatsion filmlar

“Oskar–2026” uchun “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasiga bir necha yirik va turlicha loyihalar nomzod bo‘ldi. Bu yo‘nalish har...

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlar topildi

Indoneziyada eng qadimgi qoyatosh suratlari namunalari topildi. Topilma qadimgi odamlar Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘ylab qanday va qaysi yo‘llar bilan tarqalganiga...