Megan Marklning yangi turmush tarziga oid “As Ever” nomli brendi rasman ishga tushdi.
Sussex gersoginyasi chorshanba kuni yangilangan loyihasini ishga tushirdi va mahsulotlar allaqachon sotib bo‘lingan.

Kolleksiyada blinchik va pechenye aralashmalari, maxsus gul bezaklari, malinali murabbo, asal va turli xildagi choylar bor.
Hozirda quyidagi mahsulotlar mavjud emas:
– Gul yaproqli aralashma (15$)
– Qadoqlangan malinali murabbo (14$)
– Cheklangan turli yovvoyi gullar asali (28$)
– Limon va zanjabilli dorivor choy (12$)
– Gibiskusli o‘simlik choyi (12$)
– Yalpizli dorivor choy (12$)
Faqat narxi 9$ bo‘lgan oddiy malinali murabbo saytga “tez orada” yana qaytishi kutilmoqda.
Megan, “As Ever” brendining taqdimotini Instagramda nishonlab, mahsulotlarining suratlarini bo‘lishdi.
Sussex gersoginyasi: “Biz efirdamiz! Ichiga juda ko‘p mehr qo‘shgan “As Ever” kolleksiyamdan xarid qiling. Buni siz bilan bo‘lishishdan juda hayajondaman,” deb yozdi.
Har mavsumda mahsulotlar cheklangan miqdorda taqdim etiladi.
Megan Instagram hikoyasida, brendining faol internet sayti orqali namoyish etilayotgan videoni ham bo‘lishdi.
“As Ever”ning taqdimoti, Megan oldinroq “American Riviera Orchard” nomli brendini yangilash niyati haqida gapirganidan taxminan ikki oy o‘tib amalga oshdi.
U oilaviy bog‘larida suratga olingan va Instagramga joylagan videosida, brend nomini o‘zgartirish qarori haqida aytib o‘tgan edi.
Megan: “O‘tgan yili, ‘American Riviera — qulog‘imga juda chiroyli eshitilmoqda,’ deb o‘ylagandim. Bu mening mahallamning nomi edi. U Santa Barbara’ning taxallusi. Ammo bu meni faqat shu hududda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlar bilan cheklab qo‘yardi,” deb qo‘shimcha qilgan edi.
“2022-yilda huquqiy jihatdan o‘zlashtirgan ismimni siz bilan bo‘lishish uchun to‘g‘ri fursatni kutayotgan edim va mana, o‘sha payt keldi — bu ism As Ever”, deb tanishtirgan edi Megan.
“As Ever” aslida “har doimgidek” degan ma’noni anglatadi va agar siz 2014-yildan beri meni The Tig’da kuzatgan bo‘lsangiz, pazandachilik, qo‘l mehnati va bog‘ ishlari bilan shug‘ullanishni har doim yaxshi ko‘rganimni bilasiz — bu mening xobbiyim.
“So‘nggi bir necha yil ichida bu narsalarni siz bilan oldingidek erkin bo‘lisha olmagan edim, ammo endi imkonim bor. Shuning uchun hamma narsa asta-sekin yuzaga chiqayotgan bir vaqtda, sizlarni birinchilardan bo‘lib bilishingizni xohladim” degan.
Megan avval 2024-yil yozida “American Riviera” nomini savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qilgan edi.
Biroq, savdo belgisi ariza shaklidagi muammolar tufayli avgust oyida rad etilgan edi.
Shuningdek, bu nom Santa Barbara’dagi joyni tavsiflashda keng qo‘llaniladigan ibora bo‘lgani sababli, u foydalanishga yaroqsiz deb topilgan edi.
2025-yil 4-mart kuni esa Meganning yangi Netflix dasturi “Sevgilarim bilan, Megan” (With Love, Meghan) platformada namoyish etilgan edi.
8 qismdan iborat bo‘lgan ushbu serialda Megan Kaliforniyadagi Montesito shahridagi uyining oshxonasida, yuqori darajali mehmonlar — “The Office” yulduzi Mindi Kaling, “Suits” serialidagi hamkasbi Ebigeyl Spenser hamda mashhur oshpazlar Elis Uoters va Roy Choy bilan birga mehmondo‘stlik va pazandachilik bo‘yicha maslahatlarini taqdim etadi.“Sevgilarim bilan, Megan”, Qirol Garri va Meganning Netflix bilan tuzgan shartnomasi asosida yaratilgan so‘nggi loyiha bo‘lib, ikkinchi mavsum uchun ham tasdiq olgan.
Netflix bundan 5 yil oldin Garri va Megan bilan 100 million dollarlik shartnomasini imzolagan va bu Garri & Megan (hujjatli serial), “Polo” va “Heart of Invictus” kabi turli loyihalarning prodyuserligi bilan shug‘ullangan edi.