Eva Grin “Uensdey” serialining uchinchi mavsumida muhim rolni ijro etadi

Share post:

Eva Grin Netflix’ning mashhur “Uensdey” serialining uchinchi mavsumi aktyorlar tarkibiga rasman qo‘shildi. U serialdagi muhim qahramonlardan birini gavdalantiradi.

Aktrisaga Ofeliya Framp — Mortisha Addamsning singlisi va ikkinchi mavsum finalida devorga “Uensdey o‘lishi kerak” deb qon bilan yozgan o‘sha qizil libosdagi sariqsochli qahramon roli nasib etdi. U — qudratli psixik kuchlarga ega qora qush (raven) bo‘lib, o‘z onasi uni yotqizib qo‘ygan ruhiy shifoxonadan qochib ketgan. Ochiq rangdagi sochlari, guldan yasalgan toj va jiyaniga bo‘lgan nafrati uni Ketrin Zeta-Jons o‘ynagan gotik Mortishadan butunlay farqlab turadi.

Bu rol Grin uchun keyin yana qorong‘u seriallarga qaytish bo‘ladi, shuningdek, “Qorong‘u soyalar” (“Dark Shadows”)dan so‘ng Tim Byorton bilan yangi uchrashuv hisoblanadi. Serialning ikkinchi mavsumi Netflix tarixida tomosha qilinishi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi, birinchi mavsum esa hanuz birinchi o‘rinda. Uchinchi mavsum allaqachon suratga olinmoqda va ko‘rinadiki, bunday xola Ofeliya bilan u yanada qorong‘i va telbavor bo‘lishi aniq.

Aytgancha, qorong‘i kinolarga doir yana bir yangilik: Skarlett Yoxansson ilk bor xorror janrida rol o‘ynaydi. Qaysi filmda, kimni ijro etadi va nega aynan shu janrni tanladi — buni mana bu yerda o‘qishingiz mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...