Eng yaxshi film sifatida “Oskar”ni olmagan mashhur kartinalar

Share post:

“Psixo” (1960)

Alfred Xitkokning trilleri bir necha avlod tomonidan tomosha qilingan. Bu film yosh xizmatchi Marion Kreyn va xo‘jayini Norman Beyts ismli muloyim yigit haqida.

Film chiqarilgandan so‘ng, Norman Beyts nomi mashhur bo‘ladi va 4 ta oltin haykalchaga da’vo qilgan, ammo hech birini ololmaydi.


“Taksi haydovchisi” (1976)

Vetnam urushida qatnashgan Travis Bikl tungi taksi haydovchisi sifatida ishlaydi. Urush uning psixologik holatiga o‘chmas iz qoldirdirgani sabab u yana qo‘liga qurol oladi.  

Filmda bosh rolni Robert De Niro ijro etgan.”Oskar”da 4 ta nominatsiyaga qo‘yilgan va tanqidchilar tomonidan yaxshi baholangan bo‘lsada, g‘olib chiqa olmagan.

“Jinoiy asar” (1994)

Kventin Tarantinoning bu filmi kino olamida bomba kabi portladi. Omadsiz gangsterlarning sarguzashtlari barcha tomoshabinlarni e’tiborini torta oldi.

Postmodern kino namunasi deb talqin qilingan bu film “Oskar”ning eng yaxshi ssenariy uchun nominatsiyasini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, eng yaxshi film bo‘la olmadi.


“Avatar” (2009)

Kino tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan film “Oskar”ning asosiy nominatsiyasini qo‘lga kirita olmagan. Rejissyor Jeyms Kemeron boshchiligidagi ijodiy guruh nafaqat ilmiy-fantastik jangovar filmni suratga olishga, balki ekranda hayratlanarli rang-barang koinotni yaratishga muvaffaq bo‘ldi

Film “Oskar”ning 9 ta naminatsiyasiga qo‘yilgan va eng yaxshi operator, sahnalashtiruvchi rassom va vizual effektlar uchun 3 ta haykalga ega bo‘lgan.


“La La Land” (2016)

Yosh sevishganlar haqidagi musiqiy romantik film. “La-La Land” 14 ta nominatsiyada “Oskar” ga nomzod bo‘ladi va ulardan oltitasida g‘alaba qozonadi. Biroq, kino akademiklari “Oy nuri” badiiy dramasini eng yaxshi film deb topadi.


“Joker” (2019)

Todd Fillipsning isyonchi Joker haqidagi psixologik trilleri tomoshabinlar tomonidan yaxshi baholandi. Milliard dollardan ortiq daromad keltirgan bu film “Oskar”da film 11 nominatsiyada namoyish etildi. Ammo faqat ikkitasini qo‘lga kiritadi. Musiqa uchun hamda eng yaxshi bosh qahramon roli uchun Xoakin Feniks taqdirlandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...