Chili
Chilining Talka shahrida ayrim odamlar Yangi yilni qabristonda kutib olishadi. Sham yoqiladi, sokin musiqa qo‘yiladi va yaqinlari xotirasi bilan yangi yilga qadam qo‘yiladi. Ular uchun bu — oila bilan birga bo‘lish ramzi, hatto ular bu dunyoda bo‘lmasa ham.

Daniya
Daniyada Yangi yil arafasida odamlar do‘stlari va qo‘shnilarining eshiklari oldida eski idish-tovoqlarni sindirib ketishadi. Ertalab eshiging oldida parcha qancha ko‘p bo‘lsa, demak seni shuncha ko‘p inson hurmat qiladi va qadrlaydi.

Yaponiya
Yaponiyada Yangi yil kechasi buddaviy ibodatxonalarda qo‘ng‘iroq 108 marta chalinadi. Har bir ovoz insondagi bir salbiy xususiyatdan xalos bo‘lishni anglatadi. So‘nggi zarba yangi yil kirgach yangraydi — poklanib, yangi bosqichni boshlash ramzi sifatida.

Ekvador
Ekvadorda yil oxirida odamlar qo‘g‘irchoqlar yasab, ularni yoqib yuborishadi. Bu qo‘g‘irchoqlar o‘tgan yilgi muammolar, omadsizliklar yoki ortda qolishi kerak bo‘lgan xotiralarni ifodalaydi. Ularni yoqish — yangi yilni yengil va toza sahifadan boshlash degani.

Janubiy Afrika Respublikasi
Yoxannesburgning ayrim hududlarida Yangi yil kuni odamlar eski mebel va buyumlarni derazadan tashlab yuborishadi. Bu odat hayotda yangi joy ochish, ortiqcha yuklardan qutulish va yangilanish ramzi sifatida qabul qilinadi.


