Comedy Club yulduzlarining gastrollari O‘zbekistonda taqiqlandi

Share post:

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Comedy Club yulduzlarining gastrollarini taqiqladi. Bu – komoklarning mamlakatimizda chiqish qila olmayotgan ikkinchi holati. Rasmiylar buni “kontent milliy ma’naviyatga zid” va “odob-axloq me’yorlariga mos emas” deb izohlashdi.

Konsert tashkilotchilari Rossiya ommaviy axborot vositalariga ta’kidlashicha, bu taqiqning boshlanishi 2023-yildan boshlangan. O‘shanda Toshkentda “Musiqiy Comedy Club” shousi bo‘lishi kerak edi, biroq u “texnik sabablarga ko‘ra” ko‘chirildi. Yangi sana hanuz belgilanmagan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi taqiq Madaniyat vazirligining rasmiy xatida mustahkamlandi. Unda shouda “oilaviy, er-xotin, erkak va ayol munosabatlarining tasviri milliy ma’naviyatga zid” deb yozilgan.
Bunday bekor qilishlar – kamdan-kam uchraydigan holat emas, deydi tashkilotchilar. Ularning aytishicha, xorijiy san’atkorlarning dasturi sinchkovlik bilan ko‘rib chiqiladi va “mamlakatning axloqiy me’yorlariga” mos bo‘lishi uchun tuzatishlar kiritish talab qilinadi.
Masalan, bu yil stendapchi Aleksey Sherbakovning ba’zi hazillari olib tashlash so‘ralgan, T-Fest konserti esa butunlay bekor qilingan. 2023-yilda Comedy Club bilan bir paytda Grigoriy Leps, Irina Dubtsova, Diana Arbenina va Zemfiraning chiqishlari ham bekor qilingandi. Bunday taqiq sababli tashkilotchilar 90 foizgacha daromaddan mahrum bo‘lishlarini aytishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ilk uchrashuvida “Markaziy Osiyo madaniy brendi”ni yaratish muhokama etildi

Joriy yilning 13-noyabr kuni poytaxt Toshkentning Islom sivilizatsiyasi markazida boshlangan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak”...

Adel ilk bor kino olamida: u Tom Fordning yangi filmida suratga tushadi

Mashhur rejissyor Tom Ford deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng yangi filmi — “Cry to Heaven” ustida ishlashni boshlab,...

Emma Stoun dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

Londonlik plastik jarroh Julian De Silva tomonidan oltin kesim tamoyiliga muvofiq tuzilgan dunyodagi eng go‘zal ayollar reytingida Gollivud...

Aktyor Ahmet Yilmaz nima uchun oʻz jinsini oʻzgartirgan?

O‘zbekistonliklarga Chuqur serialidagi Timsoh roli bilan tanilgan aktyor Ahmet Melih Yilmaz, o‘z jinsini o‘zgartirgani va nega bu qarorga...