Beyonse va Jey Z. Angliyaning hashamatli qishloq mulkini sotib olmoqchi

Share post:

Xabarlarga ko‘ra, juftlik Kotsvolds hududida 58 gektarlik yer maydonini sotib olish arafasida. Rejaga ko‘ra, ulkan uy qurilishi kutilmoqda — 7 ta yotoqxona, 9 ta hammom va hatto shaxsiy ko‘li bilan.

Vigginton kichik qishlog‘i chekkasida joylashgan bu yer £ 7,5 millionga sotuvga qo‘yilgan edi. Lekin mulk qayta qurib bitkazilgach, uning qiymati £18 milliondan oshishi mumkin.

Mahalliy aholi esa ikkiga bo‘lingan. Ba’zilar mashhur xaridorlar uy narxini oshirib yuborishidan va hudud muhitini o‘zgartirishidan xavotirda. Boshqalar esa, hatto Beyonseni ko‘rsalar ham tanishlari mumkin emasligini tan olishgan.

Shu bilan birga, quvonchli yangilikni kutayotganlar ham bor — hatto bir mahalliy aholi kulib, yulduzni qishloq bayramida ko‘rishni istashini aytgan. Agar kelishuv amalga oshsa, Beyonse va Jay-Z Kotsvoldsni “ikkinchi uyim” deb biladigan boshqa mashhur shaxslar safiga qo‘shiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Lola Eltoyeva xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

Istambulda TURKSOY Xalqaro teatr mukofotlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. O‘n birinchi bor tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro...

BLACKPINK a’zosi Jenni Koreyada Iroq elchixonasi binosini sotib oldi

Xonanda hozirda Janubiy Koreyada Iroq elchixonasi joylashgan binoning egasi bo‘ldi. Sports Chosun ma’lumotiga ko‘ra, Korea Economic TV’ga tayanib,...

Britni Spirs o‘z qo‘shiqlari huquqini 200 mln dollarga sotdi

Jahon pop musiqasi yulduzi Britni Spirs o‘zining qo‘shiqlari huquqini Primary Wave nashriyotiga sotgani haqidagi xabarlar shou-biznes olamida katta...

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...