“Barcha orzularing ushaladi” doramasi chiqmasidan tanqidlarga uchradi

Share post:

Syuzi va Kim U Bin ishtirokidagi “Barcha orzularing ushaladi” doramasi muvaffaqiyatsiz treyleri uchun tanqid qilindi.

Netflix’ning yangi doramasi “Barcha orzularing ushaladi” bahsli treyleri sabab tanqidga uchradi. Hatto uni oziq-ovqat reklamasi bilan solishtirishdi.

Serialda bosh rollarni Syuzi va Kim U Bin ijro etadi. Birinchi treyler internetda tez tarqaldi, ammo tomoshabinlarning e’tiborini suratga olish jamoasi kutgandek emas, butunlay boshqa sabablar bilan tortdi.

Syujet markazida — Ka Yon (Syuzi), sokin hayot kechirayotgan, qattiqqo‘l buvisi tarbiyasida ulg‘aygan qiz. U hayotidagi qorong‘i tomonlarini jilovlashga uringan buvisi yordamida odatiy hayot kechiradi. Biroq bir kuni qo‘liga ming yil davomida qamalgan sho‘x ruh — Jinn (Kim U Bin) yashiringan chiroq tushib qoladi.

Jinn unga uchta tilakni bajarishga va’da beradi va shu orqali qahramonni kutilmagan sarguzashtlarga tortib kiradi. Ularning orasida asta-sekin romantik hislar ham paydo bo‘ladi. Ammo tez orada ma’lum bo‘lishicha, Jinn oddiy sho‘x ruh emas, balki odamlarning vasvasaga qarshi turishga qodir-qodir emasligini sinash uchun kelgan iblis ekan.

Romantika, fantastika va falsafiy to‘qnashuv aralashmasi natijasida lampadagi jin haqidagi oddiy rivoyat mutlaqo yangi, yanada qorong‘i talqinda qayta yaratilgan.

Dorama premyerasi 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...