Anjelina Joliyning qizi onasini tark etib, dugonasining uyiga ko‘chib o‘tdi

Share post:

Anjelina Joli va Bred Pittning 19 yoshli qizi Shaylo yozgi ta’til davrida dugonasi Keoni Rouzning uyiga ko‘chib o‘tdi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Anjelina bu yangilikni og‘ir qabul qilgan — u har doim bolalarining bir uyda bo‘lishini xohlaydi. Biroq yaqinlarining aytishicha, u haddan tashqari xavotirga tushmagan, chunki farzandlari qayerga bormasin, ularni xavfsizlik xizmati doimiy nazoratda ushlab turadi.

Shaylo ayni paytda raqs bilan faol shug‘ullanmoqda. Aytishlaricha, u Keoni bilan ham raqs studiyasida tanishgan bo‘lishi mumkin. Iyul oyining boshida ularning Los-Anjelesdagi raqs studiyasiga birga ketayotgani va keyinchalik do‘stlari bilan restoranda uchrashgani kuzatilgan.

Ma’lumot uchun: 50 yoshli Anjelina Joliyning olti farzandi bor — 23 yoshli Madox, 21 yoshli Paks, 20 yoshli Zahara, 19 yoshli Shaylo hamda 17 yoshli egizaklar Noks va Vivyen.

Eslatib o‘tamiz, Anjelina va Bred Pitt o‘rtasidagi ajrimdan keyin hali ham mojaro davom etmoqda. Yaqinda Pitt sobiq rafiqasidan ularning oilaviy vino ishlab chiqarish kompaniyasiga oid da’vo doirasida shaxsiy yozishmalarni sudga taqdim etishini talab qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Beyonse — tarixdagi beshinchi milliarder musiqachi bo‘ldi

Amerikalik xonanda, aktrisa va tadbirkor Beyonse Noulz-Karter rasman tarixga kirdi — u milliarder maqomiga erishgan beshinchi musiqachi bo‘ldi....

Bugun Kim Tehyon o‘zining 30-yoshini nishonlamoqda

Kim Tehyon, dunyoga mashhur janubiy koreyalik aydol, aktyor va model, bugun 30 yoshga to‘ldi. U 1995 yil 30...

Barcha davrlarning eng mashhur Yangi yil qo‘shiqlari

Yangi yil va Rojdestvo qo‘shiqlari butun dunyoda bayramona kayfiyatni yaratadigan eng muhim musiqiy an’analardan biridir. Har yili yil...

Enn Хetеuey uchun 2026-yil haqiqiy porloq davr bo‘lishi kutilmoqda

2026-yil Enn Хetеueyning ijodiy faoliyatida eng yorqin va sermazmun davrlardan biri bo‘lishi mumkin. Aktrisa bu yil davomida bir...